Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido... Muhammad Rahimxon Feruz Gul yuzungga bulbuloso o‘tlug‘ afg‘onim fido, Sarvi ozodingg‘a qumridek xush alhonim fido. Xirmani guldek bo‘lub kirgil quchog‘im ichrakim, Gul kibi islab yuzung, aylay sanga jonim fido. Vah, nechuk kofirdurur ikki ko‘zingkim, bir qiyo Holima boqmas ham etsam naqdi imonim fido. Goh-gohi man sori qo‘ygil qadamkim, aylayin Maqdaming gardig‘a jon, ey ko‘nglum olg‘onim, fido. Ey parivash kulbamg‘a eldin nihonu oshkor Kelki, to aylay sanga paydoyu pihonim fido. Chashmi umidim yor o‘lg‘il mehrdek yuz birlakim, Bahri kon etsun sanga chashmi durafshonim fido. Baxti Feruz ila gar topsam visoling davlatin, So‘z durrin bazmingda aylay, ey suxandonim, fido. — Source: https://wikisource.org/wiki/Gul_yuzungga_bulbuloso_o%E2%80%98tlug%E2%80%98_afg%E2%80%98onim_fido.... Downloaded from uzbekai.com.