Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona... Muhammad Rahimxon Feruz Guliston ichra ul dilbar kelur mastona-mastona, Bo‘lur sham’i ruhig‘a jon qushi parvona-parvona. Tutub zuhdu vara’ tarkini kirdim dayr aro bu tun Ketur, soqiy, manga emdi to‘la paymona-paymona. Qilur javru sitam, qilmas tarahhum man hazing‘a Desam rozi dilimni boshig‘a aylopa-aylona. Borib ag‘yor bazmig‘a, ichib ishrat mayin tun-kun, Meni hijronda aylab g‘am bilan hamxona-hamxona. Qilib pinhon yuzin man zori hayrondin parizodim, Firoqida meni qildi ajab devona-devona. Havas aylarsan, ey dil, ishq dashti sayrini qilmon Kechib boshdin, qadam qo‘ymoq kerak mardona-mardona. Qilib zohir bukun lutfu karam, Feruz, dildoring Kelur koming ravo qilmoq uchun sallona-sallona. — Source: https://wikisource.org/wiki/Guliston_ichra_ul_dilbar_kelur_mastona-mastona.... Downloaded from uzbekai.com.