Ko‘zumni ravshan et mehri jamoling ko‘rsatib... Muhammad Rahimxon Feruz Dedim: «Ko‘zumni ravshan et mehri jamoling ko‘rsatib!» Dedi: «Uzorim o‘tig‘a joning netarsan o‘rtatib?!» Dedim: «Tarahhum aylabon holimg‘a qil nazzora». Dedi: «Ko‘zum joning figor etgusi noz o‘qin otib». Dedim: «Visol ichra labing shaxdi mening komim erur». Dedi: «Sanga bergum ani zahri firoq ichra qotib». «Dedim: «Labingning sharbati shirinmu yo kavsar suyi?» Dedi: «Bo‘lurmu har suyi obi baqog‘a o‘xshatib?!» Dedim: «Nedin erkan bugun olam muattar bo‘lmog‘i?» Dedi: «Sochimni tong yeli yuz uzra solmish butratib». Dedim: «Ko‘zung bedor qil noz uyqusidin, ey pari». Dedi: «Bu lahza fitnayi noyimni netkung uyg‘otib?!» Dedim: «Ko‘zungdin o‘rgilay, bir bo‘sa ber Feruzg‘a». Dedi: «Yuzumni og‘ritur har yon xating nishi botib». — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98zumni_ravshan_et_mehri_jamoling_ko%E2%80%98rsatib.... Downloaded from uzbekai.com.