Kulub dedi manga bu kecha dildor... Muhammad Rahimxon Feruz Dedimkim, «Oshiqi zoringman, ore, Netaykim, vaslinga yo‘l berding ag‘yor. Sanga ag‘yor hamdam bo‘lsa bor dam, Mening bag‘rim bo‘lur afgoru afgor. Bu holimni ko‘rub, qilgil tarahhum Bo‘lubman dardi ishqingdin base zor…» Tabassum birla dur sochib so‘zidin, Dedimki: «Ne g‘araz bu so‘zdin, ey yor?» Dedim: «La’lingdin etgil bo‘sa ehson», Dedi: «Bu nukta bordur asru dushvor». Ko‘rub ul damda behad iztirobim, Dedi: «Feruz, bo‘lgum sanga g‘amxor». — Source: https://wikisource.org/wiki/Kulub_dedi_manga_bu_kecha_dildor.... Downloaded from uzbekai.com.