Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringgʻa sallamno... Muhammad Rahimxon Feruz Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringg‘a sallamno! Yerutti tiyra kulbam, mehri ruxsoringg‘a sallamno! Ishim qotil ko‘zung bedodidin bo‘lmish, base, mushkul, Ichib qonimni to‘ymas, chashmi xunxoringg‘a sallamno! Labing so‘zdin berur jon o‘lgan elga dardi ishqingdin, Ravoniarvar dabi jonbaxshi guftoringg‘a sallamno! Hama ishq ahlidur, ey mug‘bacha, zulfning giriftori, Bori din ahlini band etdi — zunnoringg‘a sallamno! Deding: «Lutf aylagum!», o‘lturding, ammo necha noz aylab, Agar lutfing bu ersa, javru ozoringga sallamno! Qilursan noz, agar man har necha arzi niyoz etsam, Sitamkor mahvasho, bu nav’ atvoringg‘a sallamno! Senga, Feruz, o‘lub baxt, etding ul op qaddi, zulfin vasf, Bu yanglig‘ tab’i iozik birla ash’oringg‘a sallamno! — Source: https://wikisource.org/wiki/Nigoro%2C_oldi_hushim%2C_tarzi_raftoringg%CA%BBa_sallamno.... Downloaded from uzbekai.com.