Bir noma manga kelmadi ul qoshi qalamdin... Muhayyir Bir noma manga kelmadi ul qoshi qalamdin, Qaddim bukulub nol kabi bo‘ldi bu g‘amdin. Ul huri parizodg‘a holimni bayon et Ey bodi sabo, o‘tsang agar bog‘i eramdin. Xunxor ko‘zi qonmadimu elni qilib qatl, Kim qon to‘karu der yana bu saydi haramdin. Qon yutdi, alam chekdiyu g‘am bo‘ldi nasibi Darkimki vujud olamig‘a keldi adamdin. Desangki topay rohatu, ko‘rmay sitam eldin Tutmehru vafo rasmiyu chek elni sitamdin. Devona qazo qismatig‘a ulki rizodur, Shukr aylagayu so‘z demagay lou naamadin. Harchand gunah lavsidin oluda etakmen Ummid bukim toza o‘lam bahri karamdin. Ey soqi, dami boda Muhayyirg‘a karam qil O‘tkarmay aning vaqtini davringda bu damdin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bir_noma_manga_kelmadi_ul_qoshi_qalamdin.... Downloaded from uzbekai.com.