Faqr shohimen, adam mulki musaxxardur manga... Muhayyir Faqr shohimen, adam mulki musaxxardur manga, Mehnatu anduhu kulfat xayli lashkardur manga. Masnadim gulxan kuli, kunji qanoat maxzanim, Bo‘ryo taxtu, buzuq vayrona kishvardur manga. Bu dili mahzun bila ilgimdagi sing‘on safol, Chiniyi Fag‘furu, ko‘zguyi Skandardur manga. Tang‘a jul kisvat, namad bo‘lsa kulohim or emaz, Kim alar rashki qabou toji qaysardur manga. Juz yomonlig‘ nomai a’molima sabt o‘lmadi, Hosili umrim sarosar qora daftardur manga. Kasratimni g‘arq qildi garchi to‘foni fano, Lek vahdat taxtasi kishtiyyu langardur manga. To sochi zanjirig‘a band o‘ldi bu shaydo ko‘ngul, Dambadam bosh uzra nur savdoyi mahshardur manga. Ahli davron, yaxshiliq ummid qilmang charxdin, Kim o‘shal javru jafo qilg‘on sitamgardur manga. Yor lutf aylab, behamdillah, Muhayyirni demish Oshiqi devona bo‘lgan ul qalandardur manga. — Source: https://wikisource.org/wiki/Faqr_shohimen%2C_adam_mulki_musaxxardur_manga.... Downloaded from uzbekai.com.