Labingmu la’lmu, yoqutmu yo quti jondurmu... Muhayyir Labingmu la’lmu, yoqutmu yo quti jondurmu, Qiyomat jilva qaddingdurmu yo sarvi ravondurmu. Damodam jonima bedod egib jabru jafo qilmoq, Degil, ey nozanin, ishqim bilurg‘a imtihondurmu. Suxanras nuktadonlarni takallum birla lol etgan Bizi Layli nasablig‘ dilbari shirin zabondurmu. Butun yuz pora ko‘nglum g‘unchadek diltangdur-bilmon. Ki ul ra’no yuzidin g‘ayri bazmi gulsitondurmu. Meni, ey zohido, taklif qilma honaqah sori, Ki ul yer ushbu dam mayxonadek dorul-amondurmu. Vafo yo‘qturjahon ham ahlida, gar bo‘lsa vafo anda Vafosi birnecha kunlik emasmu, jovidondurmu. Ko‘ngul olmay so‘zim kom istading dunyo arusidin, O‘zing insof berkim, oni ayshi royigondurmu. Qarori yo‘q falak mehrini birdam uz umid, ammo Dema nomehribonmu manga yokim mehribondurmu. Ko‘rub devonini mazmunidin voqif o‘lan aytur, Muhayyir nazmidurmu yoki bahri begarondurmu. — Source: https://wikisource.org/wiki/Labingmu_la%E2%80%99lmu%2C_yoqutmu_yo_quti_jondurmu.... Downloaded from uzbekai.com.