Nechakim rasmu shioring zulm ila bedod erur... Muhayyir Nechakim rasmu shioring zulm ila bedod erur Jumlasi, ey shah, bu qulg‘a lutfu, adlu, dod erur. Yuz o‘gurmam ishqing ichra yetsa sendin yuz alam Kim hazin jonim jafou javringga mu’tod erur. Men bila bulbulni teng tutma jahon bog‘idakim Manga doyim, anga bir oy nolau faryod erur. Voizo, panding bila borur yo‘lumdin yonmag‘um Kim mening ko‘nglumda ham mundek fusunlar yod erur. So‘z demoq shohi zamondin yo‘q adab, de shunchakim, Tavba qilmasdin muridi tolibi irshod erur. Ey xush ulkim, dayr piri ilgidin bir jomi may — No‘sh aylab, ikki olam qaydidin ozod erur. Gar Muhayyir nazmi bahri o‘tsa Omudin netong Anga bu yo‘lda Lutfiy ruhidin imdod erur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Nechakim_rasmu_shioring_zulm_ila_bedod_erur.... Downloaded from uzbekai.com.