Eshitdim ul pari ag‘yor birla oshno bo‘lmish... Mujrim-Obid Eshitdim ul pari ag‘yor birla oshno bo‘lmish, Meni ko‘zumg‘a bu ravshan jahon shomi qaro bo‘lmish. Ko‘zum oqu qarosi do‘stlar bo‘lmas xaridorim, Magar bozori mehr ichra matoim kam baho bo‘lmish. Jahondin shavkat oti qat’u kulli murtafi’ bo‘ldi, Ki bu bechorag‘a ahbob ko‘p nomehribon bo‘lmish. Hujumi hasratu g‘amdin silindi hosili jismim, Kamoli za’f ko‘rkim po‘st birla ustixon bo‘lmish. Qaribsan ham ko‘ngulni zavqi dunyodin ko‘tarmassan, Nader Mujrim demay xalqi jahon ishing xato bo‘lmish. — Source: https://wikisource.org/wiki/Eshitdim_ul_pari_ag%E2%80%98yor_birla_oshno_bo%E2%80%98lmish.... Downloaded from uzbekai.com.