Har so‘zda har biravga ne shirin nukoti bor... Mujrim-Obid Har so‘zda har biravga ne shirin nukoti bor, Bol tomdi og‘zidinki tilinda naboti bor. Tasxir bo‘lmag‘an kishi qolmas bu dahr aro. Ul sho‘xning bu nav’da gar iltifoti bor. Vaslini istagan o‘zidin qat’ etar hayot, Andin kechar biravni, kerakli hayoti bor. Shohini ko‘nglum etmadi parvoz — boli yo‘q, Har qushg‘a [kim] boqarman ucharg‘a qanoti bor. Ishq ahlining do‘konida yo‘qtur matoi sabr, Oshiq yo‘q ulki, qavlanu fe’lan saboti bor. Sharhi g‘aming ruqumig‘a devoni xotirim, Mijgon qalam, qora yoshu ko‘zdin davoti bor. Xalqi zamona ta’nayi Mujrimliging qilur, Ogoh yo‘qki, haqdin umidi najoti bor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Har_so%E2%80%98zda_har_biravga_ne_shirin_nukoti_bor.... Downloaded from uzbekai.com.