To ko‘zim o‘ldi duchor ul sarvi gul ruxsorg‘a... Muntazir To ko‘zim o‘ldi duchor ul sarvi gul ruxsorg‘a, Kelmadi til hayron etib ko‘nglimi guftorg‘a. Yor ulkim voqif o‘lg‘ay xo‘bliq oyinidin, Yo‘q ne lozimi taashshuq surati devorg‘a. Qolmadi bir zarra toqat zulmi javring hukmig‘a, Muncha moyildir nigorim xotiring ozorg‘a. Poymoling o‘ldi jismim, qilmading bir yo‘l nigoh, Yo‘qmu oxir bir nazar men notavoni zorg‘a. Yaxshi lutf ettingki, qahr aylab, yomon deding meni, Talx so‘z zebo emishdur la’li shakkarborg‘a. Bir tarahhum ayla, yorab, Muntazir yanglig‘ mudom, Umri zoye aylagan badkoru badkirdorg‘a. — Source: https://wikisource.org/wiki/To_ko%E2%80%98zim_o%E2%80%98ldi_duchor_ul_sarvi_gul_ruxsorg%E2%80%98a.... Downloaded from uzbekai.com.