Zulm ila qahru g‘azab izhor qilmoq shunchalar... Muqimiy Zulm ila qahru g‘azab izhor qilmoq shunchalar, Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar. Gul debon sevgon kishining ko‘kragiga nish urib, Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar. To‘tiyi shirinsuxan ag‘yorlarning bazmida, Bizga kelganda gapirmay, zor qilmoq shunchalar. Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob, Qo‘rqutib o‘y aybiga iqror qilmoq shunchalar. Garchi kelsa, eski to‘n, bizdek duogo‘yi faqir, Kambag‘alning xirqasidan or qilmoq shunchalar. Har balo-yu, jabr kelsa, yonmagay hargiz, Muqim, Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Zulm_ila_qahru_g%E2%80%98azab_izhor_qilmoq_shunchalar.... Downloaded from uzbekai.com.