Bodai laling tilab yutti ko‘ngil xunoblar... Nizomiy Xo‘qandiy Bodai laling tilab yutti ko‘ngil xunoblar Zulfing istab rishtai jonimg‘a tushdi toblar. Nahli umrimg‘a samumi hajr yetkurgach xazon Butradi bog‘i hayotimdin gulu yafrog‘lar. Sansizin gulshanda ra’nog‘a qachon kim boqmadim Yutmayin ne rang qonlar birla ne zardoblar. Yig‘la, ey ko‘zkim, manu sandan qilib qan’i nazar Qochtilar mardum kabi jondin suchuk ashoblar. Paykarim zahmin yaloshdurlar taloshib rahm ila Itlaring ya’ni vafo bobida fard ahboblar. Ta’nlar toshiyu noseh pandi o‘ldurdi mani Boshladilar sarzanish bu nav’ shayhu shoblar. Dardim andog‘kim juz o‘lmak daf’ig‘a yo‘qtur sabab Ey tabib, et emdi tarki soyiri asboblar. Sharhi dardingdin Nizomiy elga tegdi ko‘p malol Tezroq o‘l, yo tark qil tafsili faslu boblar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bodai_laling_tilab_yutti_ko%E2%80%98ngil_xunoblar.... Downloaded from uzbekai.com.