Hasratda g‘arib oshiq o‘zini harob aylar... Nizomiy Xo‘qandiy Hasratda g‘arib oshiq o‘zini harob aylar Dardi dili dog‘ ila ko‘zini purob aylar. Ul sho‘x sitomkorning hol donasini ko‘rgach, Bul murg‘i ruhim tandin uchmoqqa shitob aylar. Jonimni fido qilsam, yuz oh ila dod etsam Achchig‘lanibon dilbar noz ila itob aylar. Boshimni qayon ursam dardimni kima aytsam Rahm aylamayin ul yor holimni xarob aylar. Har lahza chiqib mahvash gulguna qabo dar bar Mastona kuzi birlan bag‘rimni kabob aylar. Kim bo‘lsa sanga oshiq, ey sho‘x jafopesha Iqbol navard doim bechangu rubob aylar. Vojguna mani baxtim yo‘liqsa banogohe Oydek yuzini doim dar zeri niqob aylar. Ket nari debon dilbar ko‘ksungga agar ursa Oldig‘a yaqin borg‘an albatta qabob aylar. Bebois o‘shal dilbar ko‘lfat chohina tashlab Dilxasta Nizomiyni bejurm azob aylar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Hasratda_g%E2%80%98arib_oshiq_o%E2%80%98zini_harob_aylar.... Downloaded from uzbekai.com.