Ko‘zum qon yoshidin lola kabi sahni jahon gulshan... Nodir-Uzlat Ko‘zum qon yoshidin lola kabi sahni jahon gulshan, Bo‘lub anjum kabi ohim o‘tidin osmon gulshan. Ko‘zumga qo‘y qadam, ey gul^adan, bu tun xayol ichra Sirishkim qoni birla ayladim taxti ravon gulshan. Xiromu ishva birla, ey pari, bir lahza kelsang-chi, Ko‘ngul ermish sanga bog‘i Eram, bog‘ ichra jon gulshan. Bahor ayyomida sayr aylamoqg‘a jilva hangomi Ayog‘i panjasidin bog‘ aro qoldi nishon gulshan. Quyosh yanglig‘ kiyib gulgun, chiqar deb husn sultoni, Xijalotdin qochib qish qo‘ynig‘a bo‘ldi nihon gulshan. Ayog‘i qoldi loy ichra, birini jismi qon bo‘ldi, Qadu yuzini chun sarv ila qildi imtihon gulshan. Visoli bazmini fikrida har tun bag‘ri qonidin Qilib omoda Mahjuri asiri notavon gulshan. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98zum_qon_yoshidin_lola_kabi_sahni_jahon_gulshan.... Downloaded from uzbekai.com.