O‘lan Nodir-Uzlat Ey — alifdek qomating sarvi chaman yor-yor, Xol labing kunjida mushki Xo‘tan, yor-yor, Ko‘nglum aro kirpiging bo‘ldi tikan yor-yor, Hajring aro tortaman dardu mihan yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, hurmat aro, yor-yor, Muncha meni qo‘ymagil furqat aro, yor-yor. Be — buti Shirinliqo jonga balo, yor-yor, Emdi mening holima qilma jafo, yor-yor, Aylag‘uman tobakay ohu navo, yor-yor, G‘am o‘tig‘a solmog‘ing bormu ravo, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, sarvi ravon, yor-yor, Ko‘nglum etib qumridek ohu fig‘on, yor-yor. Te — tanim etti xarob dard ila g‘am, yor-yor, Jonni halok ayladi javru sitam, yor-yor, Ishq o‘tidin har zamon tortam alam, yor-yor, Vasl tamoshosidin ayla karam, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, fayzi nazar, yor-yor, Og‘zing aro tishlaring mavji guhar, yor-yor. Se — samari naxlijon-mehruvafo, yor-yor, Dardim uza shafqating erdi davo, yor-yor, Kasrati ishqing mani etti gado, yor-yor, La’l labing sharbati jonga shifo, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, mohvashim, yor-yor, Bayti hazan kunjida dardkashim, yor-yor. Jim —jigarim qon edi shomu sahar, yor-yor, Ko‘nglumi ahvolidin ayla xabar, yor-yor, Ohim etib charxni zeru zabar, yor-yor, Bo‘ldi maning holatim tarzi digar, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, hurliqo yor-yor, Qo‘zgu kabi orazing erdi safo, yor-yor. He — harami jism aro urdi nihon, yor-yor, Kirpik o‘qin otgali qoshi kamon, yor-yor, Jon qushi bo‘lg‘an emas hech amon, yor-yor, Lutfung erur jismima ruhi ravon, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, shamsu qamar, yor-yor, Sanga qachon o‘xshagay xayli bashar, yor-yor. Xe — xabaring yo‘q ko‘ngul hasratidin, yor-yor, Soldi falak boshima mehnatidin, yor-yor, Totib edim dardu g‘am sharbatidan, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, qaro ko‘zluk, yor-yor, To‘ti kabi bazm aro shakar so‘zluk, yor-yor. Dol — damim o‘tidin kuydi jahon, yor-yor, Ishratu ayshim guli bo‘ldi xazon, yor-yor, Aylasa bo‘lmas g‘amim sharhu bayon, yor-yor, Ayla takallum manga, pista dahon yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, xulqi xushum, yor-yor. Bir yo‘li ko‘rub yuzing, ketti hushum, yor-yor. Zol — ziyod ayladi volalarin, yor-yor, Ochti ko‘ngul dog‘din lolalarin, yor-yor, Sochti ko‘zum ashkdin jolalarin, yor-yor, Yoydi, jahonga tilim nolalarin, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, sabz qabo, yor-yor, Aylamag‘il jonima muncha jafo, yor-yor. Re — ramazon oyidek topti sharaf, yor-yor, Lek quyosh bo‘lmadi anga taraf, yor-yor, G‘amza o‘qiga ko‘ngul bo‘ldi hadaf, yor-yor, Ishqi o‘ti ayladi jonni talaf, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, boda ichar, yor-yor, Qomatig‘a hurlar hulla bichar, yor-yor. Ze — zabaru zer erur charxu falak, yor-yor, Husningga oshiq erur huru malak, yor-yor, Hukmunga farmonpazir murg‘u samak, yor-yor, Sanga fido aylaram harna kerak, yor yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, koni hayo, yor-yor, Emdi hamul va’dag‘a ayla vafo, yor-yor. Sin — safari sa’dga yaxshi nafas, yor-yor, Noqa xirom etmog‘i savti jaras, yor-yor, Bo‘lmadi ko‘ngul qushi bandi qafas, yor-yor, Xurram o‘lub charx uza yetti havas, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, naqshi nigin, yor-yor, Hasrat aro qon bo‘lub nofai Chin, yor-yor. Shin — shakarin lablari Xizr suyi, yor-yor Balki aning rutbasi bo‘ldi quyi, yor-yor, Bo‘ldi xijil xattidin mushk bo‘yi, yor-yor, Endi o‘tum dudidin charx uyi, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan xanda dahan, yor-yor, Ikki labi lutfdin bargi suman, yor-yor. Sod — sabohat yuzi erdi quyosh, yor-yor, Ohim o‘ti uchquni ko‘kka tutosh, yor-yor, Jonni halok ayladi ul qora qosh, yor-yor, Ko‘nglum iki ko‘zig‘a bo‘ldi talosh, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, Layli nasab, yor-yor. Kelki, jununluq manga bo‘ldi sabab, yor-yor. Zod — ziyo ayladi yuzlaridin, yor-yor, Tomdi shakar sharbati so‘zlaridin, yor-yor, Tortti xijolat kiyik ko‘zlaridin, yor-yor, Chiqti saodat kuni o‘zlaridin, yor-yor. Hay—hay o‘lan, jon o‘lan, turfa chaman, yor-yor, Og‘zi aro tishlari durri Adan, yor-yor. Te — talab yo‘lida xor ko‘ngul, yor-yor, Vaslg‘a yetmak uchun zor ko‘ngul, yor-yor, Qilmadi ko‘z yoshidin or ko‘ngul, yor-yor, Qo‘ymady faryodidin tor ko‘ngul, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, xirmani gul, yor-yor, Zulfini qullobidin bo‘ynima g‘ul yor-yor. Ze — zafar topti jon rohi bilan, yor-yor, Kosh ichar bodaii shohi bilan, yor-yor, Bo‘lsa edi holadek mohi bilan, yor-yor, Rangi qolur tobakay kohi bilan, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, ruhfizo, yor-yor, Hasratida barcha el bo‘ldi gado, yor-yor. Ayn — aziz aylagan tangri azal, yor-yor, La’li takallum aro qandu asal, yor-yor, Husnunga topilmag‘ay hech xalal, yor-yor, Yusufi soniy sanga bo‘ldi masal, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, shohi jahon yor-yor, Furqatida ko‘nglumi ayladi qon yor-yor. G‘ayn — g‘aming o‘rtadi jism ila jon, yor-yor, Hajring aro holatim bo‘ldi yamon, yor-yor, Ishq ko‘zum ashkini etti ravon, yor-yor, Shomu sahar aylaram ohu fig‘on, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, shirin-shakar, yor-yor, Bo‘ldi o‘timdin jahon zeru zabar, yor-yor. Fe — falaki zulmgar ishi jafo, yor-yor, Hech kishiga etmadi mehru vafo, yor-yor, Bir-biridan barchani qildi judo, yor-yor, Qetti bu ohim o‘ti so‘yi samo, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, sohibqiron, yor-yor, Bag‘rimi qon aylagan oshubi jon, yor-yor. Qof — qamar yuzlugim jilva qilib, yor-yor, Ketti yolg‘uzini o‘tg‘a solib yor-yor, Munda meni tashlabon, ko‘nglum olib, yor-yor, Dardu g‘ami o‘rtadi, shavqi qolib, yor-yor. Hay-hay o‘lan jon o‘lan, oh netay, yor-yor, Ishq o‘ti dardidin qayda ketay, yor-yor. Kof — kaloming seni koni karam, yor-yor, Husnu malohatlaring bog‘i Eram, yor-yor, Nolada ko‘nglum qushi murg‘i haram, yor-yor, Ishqda kuymaklig‘im yozdi qalam, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, kuydi ko‘ngul, yor-yor. La’l labing xolini suydi ko‘ngul, yor-yor. Lom — labing sharbati kavsar emish, yor-yor, Og‘zing aro tishlaring gavhar emish, yor-yor, Xol yuzing bog‘ida anbar emish, yor-yor, Anda savodi xating daftar emish, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, lola qabo, yor-yor, Shavqing ila tortaman savtu navo, yor-yor. Mim — muhabbatdin ul chashmai g‘am, yor-yor, Mavj aro seldek bahri alam, yor-yor, Yig‘lar ila diydada qolmadi nam, yor-yor, Bordi ko‘ngul dard ila mulki adam, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, xush tarabing, yor-yor, Ayladi qon bag‘rimi g‘uncha labing, yor-yor. Nun — na bilur dardimi olam eli, yor-yor, Hech sahar esmadi vasl yeli, yor-yor, Ohu navo naxlini sindi beli, yor-yor, Jon qo‘shini nolada lol tili, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, husni quyosh yor-yor, Ohim o‘ti charxga bo‘ldi tutosh, yor-yor. Vov — vafo ahli yo‘q ikki jahon, yor-yor, Oncha talab ayladim yaxshi-yamon, yor-yor, Barcha parizodlar ofati jon, yor-yor, Hech kishi bu darddin topmas amon, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, Zuhra jabin, yor-yor, Bo‘ldi ko‘ngul qushlari nola hazin, yor-yor. He — hama ishq o‘tidin bo‘ldi fano, yor-yor, Garchi jahon shohidur etti gado, yor-yor, Bulbul etib gul uchun savtu navo, yor-yor, Boshig‘a ushshoqni tushti balo, yor-yor, Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, shahdu shakar, yor-yor, Ishq o‘tidin jonima xavfu xatar, yor-yor. Lomalif — loladek dog‘im ochar, yor-yor, Ko‘zdagi qon yoshlarim ko‘kka sochar, yor-yor, Ohim o‘ti dudidin barcha qochar yor-yor, G‘uncha sifat ko‘nglumi vasli ochar, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, jon havasi, yor-yor, Sensiz o‘lub choklar tan qafasi, yor-yor. Yo — yuborib nomalar jon qushidin, yor-yor, Kelmadi so‘z la’lining xomushidin, yor-yor, Ko‘ngluma (g‘am) yuzladi tush-tushidin, yor-yor, Ezdi bu Mahjurkim, behushidin, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, g‘amza nazar, yor-yor, Bodi sabo vasldin berdi xabar, yor-yor. — Source: https://wikisource.org/wiki/O%E2%80%98lan. Downloaded from uzbekai.com.