Qomatingdek dahr bog‘i ichra bir shamshod yo‘x... Nodir-Uzlat Qomatingdek dahr bog‘i ichra bir shamshod yo‘x, Bo‘lsa ham, lekin qading sarvi kabi ozod yo‘x. Podshohlar zulm ila o‘z mulkin etgandek xarob, Bir ko‘ngul ilgingdin, ey bedodgar, obod yo‘x. Garchi cho‘xdur manga bengzar g‘am chekan ushsheqlar, Husn elida sen kabi zulm etmog‘a mo‘tod yo‘x. Hajr aro xoling xayoli-la ko‘ngulda dog‘lar Muncha naqd ila meningdek sohib iste’dod yo‘x. Mahfili g‘am ichra qon ichmakda mutriblar aro Navha ohangini mendek soz edan ustod yo‘x. Sabr et, ko‘p injima, Nodir, jahon gulzorida Bir gule ofat samumi etmagan barbod yo‘x. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qomatingdek_dahr_bog%E2%80%98i_ichra_bir_shamshod_yo%E2%80%98x.... Downloaded from uzbekai.com.