Soqiyo, lutf ayla, to‘ldur boda birla jomni... Nodir-Uzlat Soqiyo, lutf ayla, to‘ldur boda birla jomni, To chiqorg‘ayman ko‘nguldin kulfati ayyomni. Jur’a no‘sh aylab visoli orzusi bazmida, Mastliqdin bilmag‘ayman subh birla shomni. Hajr dashtida etib devonalig‘ni ixtiyor, Tashladim tandin libosi nang birla nomni. Jilvasini yod etib gulshan aro siymobdek, Topmadim hargiz ko‘ngulda sabr ila oromni. Suv berib ashkim nami birla vujudim bog‘ig‘a Ko‘zlari fikrida tiktim donai bodomni. Ishq dashtini yo‘li garchi uzog‘u ham maxuf, Yor vasli ka’basig‘a bog‘ladim ehromni. Olam ichra bu tiriklik uyqu ermish yo xayol, Tark etgil, ey ko‘ngul, shodu g‘ami avhomni. Bulbuloso nola et, Uzlat, ko‘ngulni bog‘ida To sabo yetkursa vasli yordin payg‘emni. — Source: https://wikisource.org/wiki/Soqiyo%2C_lutf_ayla%2C_to%E2%80%98ldur_boda_birla_jomni.... Downloaded from uzbekai.com.