Ogahiy Ogahiy Alisher Navoiy g’azaliga muxammas Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas, Dami yo‘qkim yamonlar majmaida mustamand etmas, Bu hasratdin ko‘zim ashki yo‘lin bir lahza band etmas, Mani man istagan o‘z suhbatida arjumand etmas, Mani istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas. Fig‘onkim dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah, Qayon borsam bo‘lurlar g‘ulvashlar hamdamu hamrah, Tilarlar bahra mandin, men tilab topman biridin, vah, Na bahra,topg‘oman ondinki mandin istagay bahra, O‘zi ham bahramand o‘lmas,mani ham bahramand etmas. Ko‘zi zahri esa har nechakim moyil mamotimg‘a, Labi shahdi edi rog‘ib o‘limdin ham najotimg‘a, Bu dam vosil iymon ul qotili Iso sifotimg‘a, Netoy huru pari bazminki qatlim yo hayotimg‘a, Ayon ul zahr chashm aylab nihon bu no‘sh xand etmas. Chiqo olmay ko‘ngul hayrondur usru shomu furqatdin, To‘kar ashkini ko‘z ham intizori subh vaslatdin, Iloji bo‘lmasa ul mahvashi xurshid tal’atdin, Kerakmas oy ila kun shaklikim husnu malohatdin, Ichim ul chok-chok etmas,tanim bu band-band etmas. Bugun chobaklar ichra yo‘q edi ul shahsuvorimkim, Birini qilmadi manzur chashmi ashkborimkim, G‘ubor oso netong gar qolmasa sabru qarorimkim, Kerak o‘z chobaku qotilvashu majnun shiorimkim, Buzuq ko‘nglimdin o‘zga yerda javlon samand etmas. Savod zulfini ko‘rgach yumar Ogahiy tun deb ko‘z, Yuzig‘a nozir o‘lg‘och ham tutar qo‘l birla kun deb ko‘z, Ko‘ngul, hayratg‘a qolma ko‘rmas oni ne uchun ko‘z, Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa Navoiy tegmasun deb ko‘z, Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra pisand etmas. Bir bo'sa ber Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir bo'sa ber, Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir bo'sa ber. Tobakay qahring bila nokom o'ylakim goh-gohi, Til uchidin lutf etib ochib dahon, bir bo'sa ber. Xastalarg'a no'shi la’lingdur ravo baxsh abad, To topoy man ham hayoti jovidon bir bo'sa ber. Gar tani bemorima bermak tilarsan noza jon, Jon kibi ko'ksim aro aylab makon, bir bo'sa ber. Bo'sai la’ling nabotig'a gar istarsan baho, Mandin olib hosil-u, jon-u jahon, bir bo'sa ber. Yo'qsa izhor aylabon mehru-muruvvat rasmini, Man g'aribi bedilingga royig'on bir bo'sa ber. Lahza-lahza to'tiyi ta’bimni go'yo istasa, Shakkaristoni labingdin har zamon bir bo'sa ber. Oshkoro bo'sa bermakdin agar sharm aylasang, Xilvat ichra kelib, eldin nihon bir bo'sa ber. Ogahiy piru zaif o'lmish chekib ishqing yukin, Istasang oni qari-yu, navjuvon, bir bo'sa ber. Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz... Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz, Boshimiz uzra ohimiz shu’lasidur kulohimiz. Qasri rafimiz buzuq kulbayi ko’hnamiz bo‘lub, Go‘shayi ajz-u maskanat tufrog’i taxt-u johimiz. Markab g‘am samandimiz, domi alam kamandimiz, Nolayi zor tug’imiz, xayli balo sipohimiz. Lashkari kibr-u naxvat-u nafs ila tuzgali masof, G‘amkadamiz fazosidur arsayi razmgohimiz. Kim bo‘la olg’usi taraf bizgaki, ashk-u ohdin Tutti yer-u sipehrni shavkat-u dastgohimiz. Martabayi urujimiz ajz ila o’yla tutti avj Kim, bo‘la olmag‘ay yeti charx g‘ubori rohimiz. Himmatimiz baland erur o’ylaki, hech tushmagay, Dahr dani arusining jilvasig‘a nigohimiz. Olami faqr bazmida jomi sabuhi ichkali, Subhi safidimiz erur bizga shabi siyohimiz. Shohidi ma’niyi vafo ishqini da’vi etkali, Chehrayi zard-u, qaddi xam keldi iki guvohimiz. Bizni bu dahr bog’ining ishrati orzusidin, Shukrki, forig aylemish marhamati ilohimiz. Ogahiy, bo‘lsa tong emas faqr eli gar muteimiz, Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz. Bo'lmasa bo'lmasun, netay Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay, Ohima hech shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Hardam ulusg'a lutf ila boqg'usi qahr ila, vale Man sori bir nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur,vale mening Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Hajrida za'fim o'ylakim, ohi hazinim o'tig'a, Shu'la bila sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Jon labidin chu bermadi jismima,vahki qoshidin Qatlima bir ishora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Ko'yiga borsam etgusi vaslig'a va'da, ul dog'i Bo'lg'usi bora-bora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Toleyi ravshan o'zganing lutfi quyoshi nuridin, Men kibi baxti qora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay. Bo'ldi sitorasi isiq' xulqg'a mehr yor karam, Manda isig' sitora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. Dedim o'lubtur Ogahiy ashki kanorasiz, dedi: Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay. Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur... Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur, Emas anjum falak ahli ochib ko‘zlar qaroshibdur. Bir uchqundur quyosh ul mahliqo ruxsori o‘tidin, Shafaq ermas, falak domonig‘a ul o‘t tutoshibdur. Dema tun zulmati xurshid ruxsorin nihon etmish, Ul oyning ishqi savdosi oning boshidin oshibdur. Falak mehri bulutdin yuzga chekmish pardai mushkin, Magar boqib quyoshim yuziga ko‘zi qamoshibdur. Yuzida chinmudur har sori tushkan sovuq ohimdin, Bu sarsar birla, yo‘q ersa g‘azab daryosi toshibdur. Sochi savdosida gar yetmasam la’lig‘a tong ermas – Ki, bu zulmat ichida necha Iskandar adoshibdur. Yuziga surtubon g‘oza, chekibdur qoshig‘a vo‘sma, Bu zinatlar onga, vah, ne balo usru yaroshibdur. Ko‘ngul bo‘l voqif ul payvasta qoshlar hayatidinkim, Ikov bir-birga qatlingda egib boshi kengoshibdur. Necha ko‘b desa hazyon, Ogahiy, har kecha tong yo‘qkim, Ul oy savdosi fikri birla oning aqli choshibdur. Chehrasining garchi muhraq nori bor... Chehrasining garchi muhraq nori bor, Bergusi doim niholi nori bor, Sig‘mog‘un bazmim aro, ey muddaiy, Telmurib turma bu yerda, nori bor. Dahr uyi bunyodkim... I Dahr uyi bunyodkim, su uzradir, mahkam emas, Onda kirgan el xavotirdin amon bir dam emas. Doimo vayronlig‘ osori oning arkonidin, Borcha olam ahlig‘a ma’lum erur, mubham emas. Kecha-yu kunduz yog‘ar idbor gardi saqfidin, Yoqmoqi har dam fuzun oning zamoni kam emas. Bu sifatlig‘ uy aro har kimki maskan ayladi, Xotiri oning xavotirdin dami beg‘am emas. Ushbu mehnatxonada gar shoh bo‘lsun, gar gado, Bir nafas aysh-u farog‘at jomidin xurram emas. Onda har kim boshig‘a yuz dardu g‘am aylab hujum, Bir kishi yo‘q ashki hasratdin ko‘zi purnam emas. Ko‘bdur onda ishrat ummidi bila tutg‘on makon, Shohidi maqsudig‘a lekin biri hamdam emas. Borcha zindoni baliyatg‘a bo‘lubdur mubtalo, Umri ichra bir nafas osuda bir odam emas. Dahr bir vayronayedurkim, xarob obod erur, Chiqsa ondin har kishi — g‘am bandidin ozod erur. II Dahri dun ayyorasikim, yo‘q ango mehr-u vafo, Peshasi kin-u nifoq-u odati — javr-u jafo. Yo‘qturur aslo hamul makkora qotil zotida, Zarracha rahm-u muruvvat, qatracha sharm-u hayo. Hiyla domig‘a xaloyiqni giriftor etgusi, Ko‘rguzub g‘anj-u dalol-u g‘amza-yu noz-u ado. Ishvalar zohir qilur har lahza yuz nayrang ila, Toki el jon-u dilig‘a solg‘ay oshub-u balo. Qaddi shavqi ichradur tanlarga yuz zahmi sinon, Kirpiki fikridadur jonlarg‘a ming nishi izo. Zulfining savdosi domida qilib zor-u asir, Aylagay jumla xaloyiq ro‘zg‘orini qaro. Hajr zahri birla aylab elni doim talxkom. Vasl no‘shi birla bir dam aylamas komin ravo. Qatl etar oxir tuman nokomlig‘ tig‘i bila, Kimsaki, bo‘lmish oning qaydi g‘amig‘a mubtalo. Dahr bir vayronayedurkim, xarob obod erur, Chiqsa ondin har kishi — g‘am bandidin ozod erur. Dard zahri soldi chinlar qoshima... Dard zahri soldi chinlar qoshima, Kelmadi holim so‘rarg‘a qoshima, G‘am yukin chekmakda, ey dil,chobak o‘l, Hargiz ushbu ishda boshing qoshima. Dardi dilim ango dedim... Dardi dilim ango dedim, dema oni mango, dedi, Kim manga oshiq o‘lsa ul lozim erur ango, dedi. Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro, dedim, Ko‘nglung-u joning olg’uchi ikki qaro balo, dedi. Lablaring og‘zima yetur jon topoyin ango, dedim, La’li tabassum aylabon yo‘qmu o‘lum sango, dedi. Quchmoq erur beling hazin ko‘ngluma muddao, dedim, Yo‘qmu uyoting ushbu so‘z degali, beibo, dedi. Husnungga aylayin nazar man sori bir qara, dedim, Yoshurubon yuzin, ket, ey masxara, behayo, dedi. Bo’sayi lab savob uchun ayla mango ato, dedim, Qosh-u qapog’ini chetib, qo‘y, bu so‘zing xato, dedi. Vah, erkan etmagung hech vafo mango, dedim, Zohir o‘lubdurur qachon husn elidin vafo, dedi. Xasta ko‘ngulga qilg‘asan muncha nedin jafo, dedim, Dema jafo oni saning dardingadur davo, dedi. Ogahiy komini nedin aylamagung ravo, dedim, Kom topormu jonin ul qilmog’ ucha fido, dedi. Do‘stlar, hamrohlig‘ aylab boringiz... Do‘stlar, hamrohlig‘ aylab boringiz, Tund xo‘ yorim qoshig‘a boringiz, Bir kecha bazmimg‘a kelturmak uchun, Bosh ayoqig‘a qo‘yub yolboringiz. Ey quyosh, yuzing ochgin... Ey quyosh, yuzing ochgin, g'am tunida zoringman. Sidq ila nafas urg'on subhi beg'uboringman. San jamol-u hashmatda husn mulki shohisan. Man malol-u kulfatda bandai nazoringman. Qilma ayb agar qilsam ishqing ichra ojizliq, Qariliq yuki bosg'on zori bemadoringman. Garchi o'zgalar yonliq aylay olmog'im xizmat, Lek alar qatorida bir umidvoringman. Necha umrlardurkim furqati g'ami ichra Yig'labon kecha-kunduz zori beqaroringman. Marhamat ko'zi birla holima nazar qilg'il, Ko'ying ichra yer tutg'on bir duoga zoringman. Istasam aziz bo'lmoq, tong yo'q iltifotingdin. Chunki Ogahiy yanglig' ishq ichra xoringman. Ey, Sho‘x, ko‘z-u qoshinga olam gado, man ham gado... Ey, Sho‘x, ko‘z-u qoshinga olam gado, man ham gado, La’li labi durposhinga olam gado, man ham gado. Gohi qapog’ing jon olur, gohi qoshing yag’mo solur, Bo’yla qapog’-u qoshinga olam gado, man ham gado. Qadd-u labing fosh-u nihon, eldin olur tob-u tavon, Ushbu nihon-u foshinga olam gado, man ham gado. Boshdin ayoqing jon erur, jonlar sanga qurbon erur, Jono, ayoq-u boshinga olam gado, man ham gado. Har necha otsang o’q-u tosh, aylab g‘azab olamg‘a fosh, Bo‘lg’usi o’q-u toshinga olam gado, man ham gado. Jonlarda fikri surating, ko‘zlarda naqshi qomating Suratgar-u naqqoshinga olam gado, man ham gado. O‘n to‘rtdin yoshing o‘tub, husning jahonni yorutub, Bu husning-u bu yoshinga olam gado, man ham gado. Davlat sanga yo‘ldosh erur, lutfi xudo qo‘ldosh erur, Yo‘ldoshing-u qo‘ldoshinga olam gado, man ham gado. Oh-u yoshingga, Ogahiy, rahm etti ul xo‘blar shahi, Ta’siri oh-u yoshinga olam gado, man ham gado. G‘am yuki to qomatim yo qilmadi... G‘am yuki to qomatim yo qilmadi, Ohim o‘tig‘a falak yoqilmadi, Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga Bilmadimkim, qildim-u yo qilmadi. Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista... Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista, Chekib tig‘ini aylar qasdi jon ohista-ohista. Jafosi zo‘ridin ikki ko‘zimdan oqdi daryolar — Ki, qolg‘oy ostida oning jahon ohista-ohista. Ulusga aylagan zulmin ko‘rib ondin hazar qilmay, Kelib chekdim jafosin man yomon ohista-ohista. Bo‘lur hajrida zindon gar maning manzilgahim bo‘lsa, Guliston balki gulzori junon ohista-ohista. To‘la burjom tut lutf aylab,ey soqiyki, bu g‘amdin Qutulg‘oyman ichib man notavon ohista-ohista. Vafo yo‘q dahr bog‘ining guliga berma ko‘nglungni, Bugun tongda ketar, ey bog‘bon, ohista-ohista. Emas gardunda ra’d ovozikim hijron tuni ichra, Erur ul Ogahiy chekkan fig‘on ohista-ohista. Musoviyattarafayn Ul sho‘xki ochildi xat-u ruxsori Ochildi rayohinda yuzi gulnori Xat-u Yuzi besabr-u qarori man man Ruxsori gulnori man man zori Ogohnoma Shahanshahliq o‘lsun muborak sango, Madadkor Tangri taborak sango. Zamiringni sabr aylabon shod tut, Bori kulfat-u g‘amdin ozod tut. Ato so‘gidin bo‘lma anduhgin, Ko‘ngulni bu g‘am birla qilma hazin. Agarchi bu g‘am asri dushvordur, Vale chekkali banda nochordur. Eshit bu hazin bandadin ma’rifat Ki, degum necha manfaatlik nukat. Ki, to qildi mavjud olamni haq, Yaratdi bari xayli odamni haq. Alarg‘a qilib yer yuzini makon, Necha nav’ ne’matlar etdi ayon. Jahon ichra xalq ayladi shohlar, Qavi qudrat-u sohibi johlar. Qilib ba’zi lutf-u karam oshkor, Vale ba’zi zulm-u sitam ixtiyor. Yetib ba’zidin elga rohat base, Vale ba’zidin ranj-u mehnat base. Bo‘lub ba’zi tahsini rahmatg‘a to‘sh, Vale ba’zi nafrin-u la’natg‘a to‘sh. Qilib saltanat barcha o‘z komicha, Surub hukmini ko‘ngli oromicha. Agar yaxshi erdi va gar xud yamon, Yer ostida bo‘ldi borisi nihon. Na qoldi alarning baridin asar, Na bo‘ldi birining ishidin xabar. Barisi ko‘rub charxi dundin sitam, Adam sori nochor qo‘ydi qadam. Budur, doyimo charxi zolim ishi Ki, zulmidin aslo qutulmas kishi. Qani ul salotini oliymakon Ki, yer yuziga erdilar hukmron? ...Qani ka’bayi qiblagohing saning Ki, erdi shafiq-u panohing saning? Olur chog‘i ilkiga tiyg‘-u tabar, Edi ojiz o‘trusida sheri nar. Ani ham qilib ojiz-u notavon, Adam kishvari sori qildi ravon. Kishi shoh bo‘lsun va yoxud gado, Qutulmoq falak zulmidin yo‘q ango Yuzida yo‘q aslo hayodin asar, Ko‘zida yo‘q aslo vafodin xabar. Hayosizdin aslo vafo istama, Vafosizdin aslo hayo istama. ...Bugun, podshoho, sanga saltanat Beribdur Xudo ko‘rguzub marhamat. Agarchi bu ish bas og‘ir yukdurur, G‘amu mehnati necha turlukdurur. O‘zungni bu yuk chekkali chog‘lag‘il, Kamar belga himmat bila bog‘lag‘il. Bu ishda o‘zing solma, mardona bo‘l, Jalodatshior-u dalerona bo‘l. Bu ishning kamolig‘a tolib esang, Aning boisi ne ekandur, desang. Degay bir-bir oni oshuftahol, Topar saltanat necha ishdin kamol. Ki, himmat biridur, shijoat biri, Adolat biridur, siyosat biri. Jalodat biri, biri g‘ayratdudur, Saxovat biri, biri iffatdudur. Biri hilm keldi, birisi hayo, Biri va’dag‘a aylamaklik vafo. Futuvvat biri, sof niyat biri, Muruvvat biriy-u hamiyat biri. Biri shar’ hukmiga bermak rivoj, Biri kufr dardiga qilmoq iloj. Biridur vuquf o‘g‘rilar holidin, Alar ilkiin kesmak el molidin. Biri keldi bo‘lmoq raiyatnavoz, Masokin-u mazlumg‘a chorasoz. Biri tarbiyat birla qilmoq azim Alarniki, dur nekxohi qadim. Birisi sipah ko‘nglin olmoqdurur, Karam domi bo‘ynig‘a solmoqdurur, Bulardin yetar saltanatg‘a nizom, Bularsiz ul ish topmas aslo tamom. ...Bu so‘zlarnikim, man bayon ayladim, Necha bayt birla ayon ayladim. Bularga qayu shahki qilsa amal, Aning mulkiga yetmas aslo xalal. ...Shaho, olam ichra bugun shohsen, Burundin bu so‘zlarga ogohsen. Umidim budurkim, amal qilg‘asen, Amal aylamakda jadal qilg‘asen. Ko‘rub bazli lutfing havosi avom Hama bo‘lsun osudayu shodkom. Alar ichra ushbu faqir Ogahing, Demay Ogahingkim, g‘ubori rahing. Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga... Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, joning kerakmasmu sanga? O‘tg‘a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga? Istabon ul yuz tamoshasini ko‘zdin damba-dam, Qon to‘karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga? Hardam etkung orzu kofir ko‘zi nazzorasin, Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga? Lutfung etding xasta ko‘nglimdin darig‘, ey shohi husn, Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga? O‘zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga? Sel g‘amdin xonavayron o‘ldimu yod etmading, Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga? Ogahiy holin ko‘rub doim tag‘ofil qilg‘osan, Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga? Qilmoq bila parvarish tikon gul bo‘lmas... Qilmoq bila parvarish tikon gul bo‘lmas, Ham tarbiyat ila zog‘ bulbul bo‘lmas, Gar asli yamong‘a yaxshiliq ming qilsang, Yaxshiliq oning niyati bilkul bo‘lmas. Rahm et Ishqing g'amida diydayi giryonima rahm et, Hajring tunida nolayi afg'onima rahm et. Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi, Ey jonu jahon, joning uchun jonima rahm et. Toroji firoqing yalang etti tani zorim, Ber jomayi vasling, tani uryonima rahm et. Darding chekaram go'shayi vayronada umre, Tashrif ketur, kulbayi ahzonima rahm et. Holimni parishon yuz uza ayladi zulfing, Jam' et oniyu halo parishonima rahm et. Ey gul, g'ami hajringda ko'ngul bulbuli nola Tokay qiladur, bulbuli nolonima rahm et. Davron sitami, ishq g'ami, hajr balosi Qasd etti hazin xotiri vayronima, rahm et. Bejurm mani yozg'urubon tiyg'i jafoni Jonimg'a surub, qolma maning qonima, rahm et. Hayratdadur Ogahiy to ko'rdi jamoling, Ey hurliqo, diydayi hayronima rahm et. Sallamno Olur har lahza yuz jon chashmi fattoningg‘a sallamno, To’kar har damda ming qon tiyg’i mujgoningg‘a sallamno. Jahon bozorida sindurdi yoqut-u guhar qadrin, Durafshon nukta birla la’li xandoningg‘a sallamno. Asir aylab kamandig‘a parishon ko‘nglum etdi jam, Musalsal halqayi zulfi parishoningg‘a sallamno. Yuzingdin zarracha partav yetishkach tiyra kulbamg‘a, Yoritdi hajr shomin mehri raxshoningg‘a sallamno. Sihi qadlarni qumri yanglig’ etdi ishqida nolon, Nazokat bog’ida sarvi xiromoningg‘a sallamno. Agar Ko‘rsa erdi Yusuf malohatlig’ jamolingni, Der erdi sidq ila: «Ruxsori toboningg‘a sallamno». Labing shirin takallumdin o‘lukni turgizib aylar, Suxanvar to‘tioso shakkaristoningg‘a sallamno. Chu ehson naqdini sochding jahong‘a ganji lutfingdin, Bori xalq o‘ldi bandang naqdi ehsoningg‘a sallamno. Riyo-u ujb birla bir suruk johilni, ey zohid, Mute-yu muxlis etding, makr-u dastoningg‘a sallamno. Urib dam g‘ayb sirridin ham etkung da’voyi imon, Bu yanglig’ kufr birla turgan imoningg‘a sallamno. Chekarsan, Ogahiy, tun-kun ul oy javr-u jafosini, Bu qottig’ mehnat ichra chiqmag‘an joningg‘a sallamno. To tushti firoq o‘tig‘a bemor ko‘ngul... To tushti firoq o‘tig‘a bemor ko‘ngul, Yuz dardu g‘amu alamg‘a duchor ko‘ngul, Davron sitami tig‘idin afgor ko‘ngul, Bo‘lmish mandin malulu bezor ko‘ngul. Ul yuzi gul nigorning mehri jamolini ko‘ring... Ul yuzi gul nigorning mehri jamolini ko‘ring, Mehri jamoli ustida ikki hilolini ko‘ring. Ikki hilolini ko‘rub qonmasa mehringiz agar, Safhayi orazi uza nuqtayi xolini ko‘ring. Nuqtayi xolini ko‘rub sabr eta olmas ersangiz, Husnu jamoli bog‘ida qaddi niholini ko‘ring. Qaddi niholini ko‘rub ko‘nglungiz etmasa qaror, Jon ko‘zi birla boqibon la’li zilolini ko‘ring. La’li zilolini ko‘rub joningiz etsa iztirob, Chorai holingiz uchun shahd maqolini ko‘ring. Shahd maqolini ko‘rub topmasa chora holingiz, Nuktaga lab ochar chog‘i g‘unju dalolini ko‘ring. G‘unju dalolini ko‘rub istasangiz murodi dil, Ogahiydek quchub belin ayshi kamolini ko‘ring. Ustina Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun «nas» keltirur «nun» eltibon «sod» ustina. Qilg‘il tamosho qomati, zebosi birla orazin, Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina. Noz-u ado-vu g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina. Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim, Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina. Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar, Bulbuldek aylar yuz navo ming nav faryod ustina. Boshimg‘a yoqqon g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog’dursa Farhod ustina. Ey shah, karam aylar chog’i teng tut yamon-u yaxshini, Kim mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil, Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina. Ne jur’at ila Ogahiy ochg‘ay og’iz so‘z dergakim, Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zori noshod ustina. Vah, ne balodur bilmadim, ey dilrabo,qoshu ko‘zing... Vah, ne balodur bilmadim, ey dilrabo,qoshu ko‘zing — Kim, bir nazarda soldi o‘t jonim aro qoshu ko‘zing. Oldi qaroru toqatim oq siynayu nozik beling, Soldi qaro tun boshima ikki qaro qoshu ko‘zing. Jonimg‘a qo‘ydi dog‘lar rashk o‘tidin xoli labing, Ko‘nglumga yetkurdi tuman dardu balo qoshu ko‘zing. Har yuz o‘likni tirguzur la’ling aro shirin so‘zing, Ham ming tirikni o‘lturur aylab jafo qoshu ko‘zing. Qoshu ko‘zing bedodidin dod aylasam ermas ajab — Kim,ne jafolar qilmadi oxir mango qoshu ko‘zing. Husn ahli shohisen bori oshiqlaring o‘lturgali, Go‘yoki jallodi qilich bo‘lmish sango qoshu ko‘zing. Man zori hayroning nechuk devona bo‘lmay, ey pari, Kim, aqlu hushim ayladi mendan judo qoshu ko‘zing. Yo‘qtur manga ishqing aro yurmoq tirik imkonikim, Jonimni yo qaddi yuzung olg‘usi,yo qoshu ko‘zing. Qoshu ko‘zing iymisidin bo‘ldi qiyomat oshkor, Qo‘yoki olam ofati qilmish xudo qoshu ko‘zing. El qatilini qasd aylabon mastona qilg‘ach bir nazar, Soldi jahonga nolai va hasrato qoshu ko‘zing. Aylay hayotim naqdini har dam nisoru sadqasi, Yoshurmag‘il man zoridin aylab hayo qoshu ko‘zing. Majlis fazosida usul etgan chog‘i raqqos o‘lub, Bir g‘amzada yuz jon olur, ey maxliqo, qoshu ko‘zing. Shirin labingdan Ogahiy jismig‘a jon berkim, oni O‘lturdi bir imo qilib boqqach qiyo qoshu ko‘zing. Vahki, mandin yoshurin yor o‘zgalarga yor ekan... Vahki, mandin yoshurin yor o‘zgalarga yor ekan, Kechalar xilvar aro bazmi nihoni bor ekan. Xotirimni zohiran yuz va’dadan xushnud etib, Botinan ko‘ngli hamisha moyili ag‘yor ekan. Oshkoro til uchi birla bo‘lib moyil manga, Kongli mayli o‘zga elga yoshurun bisyor ekan. Dev siyrat muddaiylar sori rag‘bat ko‘rguzub, Men hazinu bedilu bechoradin bezor ekan. Har kecha ishrat mayin no‘sh aylabon avbosh ila, Tongg‘acha masti sharobi sog‘ari sarshor ekan. Chun nihon ag‘yor ila bazm etmish ul sultoni husn, Fahm qildimkim,anga man xasta quldin or ekan. Ko‘ngli sandin o‘zgalarg‘a rog‘ib o‘lmish,e y ko‘ngul, Umrlar ishqida mehnat chekkaning bekor ekan. Oshiqikim topsa hosid gar oning yorig‘a qurb, Bu jahon ichra tirik yurmak anga dushvor ekan. Yor topmishlar raqibu muddayilar olida, Ogahiy,emdi sanga ul ko‘y aro ne bor ekan. Vahkim, yana zulmini ayon etti falak... Vahkim, yana zulmini ayon etti falak, Bag‘rimni hajr aro qon etti falak, Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon etti falak, Oxir manga ko‘rki qasdi etti falak. Zarra uchubon nayyiri a’zam bo‘lmas... Zarra uchubon nayyiri a’zam bo‘lmas, Yer bolish etib avji falak ham bo‘lmas, Inson aro nodonni biling hayvondur, Hayvon necha zo‘r aylsa odam bo‘lmas. — Source: https://wikisource.org (works of Ogahiy). Downloaded from uzbekai.com.