Ajab zebo bo‘lubdur qomating ham chashmi fattoning... Qoriy Xoʻqandiy Ajab zebo bo‘lubdur qomating ham chashmi fattoning Asir etdi meni shirin kulub chohi zanaxdoning. Meni poband qildi shahnavash zulfi parishonlar, Ko‘zumni tutdi andog‘ partavi xurshedi raxshoning. Yangi aylab meni bu ko‘hna zaxmimni takallumdin, Tahayyur ichra soldi bu sifat la’li namakdoning. Muhabbat otashi so‘zandasi meros olamdin, Ko‘zingni soxla nogah tutmasun olamni to‘foning. O‘tub Farhod, Vomiq, yetdi endi sanga bu navbat Falakka yetkur andog‘ nolau afg‘oni so‘zoning. Pari ruxsorlardin bir tarahhum ko‘rmadi ko‘zlar Tukub surxoblar Majnun kabi bul davri davroning. Asir o‘lding iki jallodi xunreziga, ey Qoriy. Jazo shulkim, to‘kulsun ostoniga qizil qoning. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ajab_zebo_bo%E2%80%98lubdur_qomating_ham_chashmi_fattoning.... Downloaded from uzbekai.com.