Mast chiqma har sori olam giriftor o‘lmasun... Qoriy Xoʻqandiy Mast chiqma har sori olam giriftor o‘lmasun, Ishq elig‘a o‘t tushub, so‘zandai nor o‘lmasun. Haddi avsofi kamolidur, qaror o‘lsun mudom, G‘ayri zulfidin manga bir tor zunnor o‘lmasun. Manzili jon ichra ul xurshed monandi alif Zarravash ko‘yi sori mandek giriftor o‘lmasun. Dambadam naxli murodim obihayvoning tilar, Men kabi so‘zanda, sandek sho‘xi tarror o‘lmasun. Charxi kajraftordin boroni g‘am seli sirishk, Har taraf tug‘yon qilib daryoyi xunxor o‘lmasun. Ey asir aylab jahon ra’nolarin sayyodvor, Jon olurga sen kabi choloku ayyor o‘lmasun. Nozaninlar ishq bozoriga solsa Qorini, Olg‘oli ul sho‘xdin g‘ayri xaridor o‘lmasun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Mast_chiqma_har_sori_olam_giriftor_o%E2%80%98lmasun.... Downloaded from uzbekai.com.