Qon to‘kkali xunrez ko‘zi ayladi odat... Qoriy Xoʻqandiy Qon to‘kkali xunrez ko‘zi ayladi odat, Jon bermak ila ishq eli topdi qarobat. Yondurdi vujudimni muhabbatni tanuri, Dudi bila olam elida qolmadi rohat. Vobasta g‘amu g‘ussa bila jismi nizorim, Pajmurda bo‘lib, tig‘i sitam bila jarohat. Monandai Ayyub tanim kirmi balodin, Chun xonai zanbur tegib tiri malomat. Xanjar soladur sho‘xvashim rahm ila boqmay Jallodi sitamgar manga oyini inoyat. Amvoj barib, zulfi siyah tabini haryon, Jon murg‘ini bo‘yniga yetib topdi qarobat. Nozuk badanu, g‘uncha dahan, sim zaqandin, Har kunda tushub Qorini jonig‘a bir ofat. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qon_to%E2%80%98kkali_xunrez_ko%E2%80%98zi_ayladi_odat.... Downloaded from uzbekai.com.