Tob solib zulfidin ul oftob... Qoriy Xoʻqandiy Tob solib zulfidin ul oftob, Qildi jahon mulkini chun mushki nob. Rashhai avroq uza durdonalar, Yo sochilibdur yuzi uzra gulob. Soya sifat orqasidin ergashib, Gul yuzini ko‘rgali jonlar kabob. Vodiyi hasratda bo‘lub aql lol, Ishqi xayoli bila bo‘ldum xarob. Noz ila har yona xirom aylasa, Sarv qudumig‘a bo‘lub chun turob. Xayli balo boshig‘a qilg‘ay hujum, Kirsa bu maydon ichig‘a shayxu shob. Ohim o‘ti birla jahon o‘rtadi, Qilmadi Majnuni jahongard tob. Noz ramuzini o‘qub, ayladi Qoriyi aftodaga doim itob. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tob_solib_zulfidin_ul_oftob.... Downloaded from uzbekai.com.