Borliqda bir g‘ash Rafiq Moʻmin Ko‘k yuzida yulduz o‘ynar porpirashib, Ko‘klam bilan qayg‘ulashib, «Cho‘lpon» yig‘lar. Ko‘rkam yurtning dev, qushlari hayqirishgan, Borliq ko‘zi yoshga to‘lgan, «Vulqon» yig‘lar. Qanot rostlab g‘ozlar ketdi o‘z yurtiga, Shuning uchun hamma daryo, to‘fon yig‘lar. Suvlar oqmay bo‘ldi cho‘ling bu yurtimiz, Go‘dak kabi el yoshlari qon-qon yig‘lar. Suv bo‘yida og‘lar sizram to‘lqunidan, Hamma mahzun, hama g‘arib, «Cho‘lpon» yig‘lar. Zo‘r tog‘larning ko‘kragida oppoq soqol, Bobom yanglig‘ miskinlashib «Hoqon» yig‘lar. «G‘arib» ko‘ngli qarigan yurt g‘amida, Balki yoshlik hasratida «Turon» yig‘lar. Qir ostida kimsasizlik o‘ti birlan, Ohlar tortib, kuyub yongan «O‘g‘lon» yig‘lar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Borliqda_bir_g%E2%80%98ash. Downloaded from uzbekai.com.