Nozli tegilish Rafiq Moʻmin Oh yuzg‘utmoq, voh alamlar, Dod, faryodlar yana ketmadi. Aytdiku senga! Bu korong‘uning dahshat qir yo‘li, Bizdan ketmaydi. Yana o‘z to‘lqinlari bilan fortunalar yasab, Go‘zal tog‘larni, bog‘larni Buzar. Bu vayronalik, bu xarobalik ustida Yana boyqushlar, qarg‘alar Kezar. Uzoqdan kelgan kutsiz yellar. Jonsiz, ma’sum yaproqlarni— Tilagan, istaganlaricha, Kuchsiz topib yanchalar. Ezarlar. Ko‘nglim yurtining hoqoni qayg‘um! Turma! Shoshil! Oshiq! Istaging istab kuch! Ro‘zg‘orlarga karshi to‘fonlar yasa! To‘lqunlarga qarshi Karbalolar yasa! Ket! To‘g‘ri ket! Arshga qadar ket-da, Faryodlarga yet! Vayronaliq qayg‘ularin tort! Buzg‘unlik, tengsizlikni egangga Bittalab, bittalab ayt! Qoshingda Cho‘lpon uchun umid tonglarin olib qayt! Ay, qanotsiz qarg‘alar, siz, Boyqushlar do‘sti, qora devlarsiz. Manim sevgan do‘stimni nechun quvdingiz? Quvdingiz-da, quvdingiz, o‘zingiz ham bitarsiz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Nozli_tegilish. Downloaded from uzbekai.com.