To‘g‘ri ketamiz Rafiq Moʻmin Tog‘liq-toshliq kizg‘in qumlar ustida, Sahrosidan ham cho‘lidan, dashtidan Chopa-chopa qiziqishib ketamiz Qo‘l ushlashib, o‘ynoqlashib ketamiz. Daryolarin, dengizlarin, ko‘llarin Biz bosmasdan qo‘ymaydurmiz yo‘llarin. O‘rmonlardan, to‘qaylardan ketamiz, Sherlar bilan so‘roqlashib ketamiz. Xarobalar, vayronalar ko‘kidan, Hayqirishgan boyqushlarning o‘qidan Qo‘lda yaroq-yoylar bilan ketamiz, Tikka jarning soyi bilan ketamiz. Devlar yanglig‘ cho‘zilishgan tog‘larning Qor ham do‘li bosgan go‘zal bog‘larning Qayg‘usidan ucha-ucha ketamiz, Bir yo‘l qo‘ymay ko‘cha-ko‘cha ketamiz. Suvsizlikdan so‘lgan yashil yaproqlar, Er ostida churub qolg‘on yaroqlar. «To‘g‘ri yo‘l» deb yangi yo‘lga ketamiz, Yurtimiz deb jang yo‘liga ketamiz. — Source: https://wikisource.org/wiki/To%E2%80%98g%E2%80%98ri_ketamiz. Downloaded from uzbekai.com.