Tong yeli Rafiq Moʻmin (…kelishiga) Hanuz baxting sochin yozmagan ekan, Bulbuling sayrashdan tolmagan ekan, Dushmanlar suyukli, yashil gulingni… Zaharli qo‘lida uzmagan ekan. Ko‘kdagi yulduzlar, baxting guliga Salomlar yubordi malaklaridan. Uzoqdan «esgan» «tong onam» yeli — Orqali ruhingni solmish yo‘liga… Yaproqlar o‘ynashib bir-birlariga Sirlarin aytishib ham qitig‘lashdi. Tong yeli kelurda harir ko‘rungan — Go‘zallik timsoli kulub yayrashdi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tong_yeli. Downloaded from uzbekai.com.