Ayladi yor jahondin safar, afsus-afsus... Ravnaq Pahlavonquli Ayladi yor jahondin safar, afsus-afsus, Qildi g‘am ko‘nglumi zeru zabar, afsus-afsus. Bo‘lg‘ali xoki rah ul mehri umidim pinhon, Manga shom o‘ldi bu g‘amdin sahar, afsus-afsus. Kechalar yodima tushgan soyi ul mohliqo, Narxdin qildi fig‘onkim: guzar, afsus-afsus. Vodarig‘oki, ajal bodi xazoni esibon, Gulshani umrig‘a yetdi zarar, afsus-afsus. Qilmangiz aybki, g‘am dashtida majnun bo‘lmay, Emdi naylay meni sho‘riday (…), afsus-afsus. Ne o‘t erdi buki yak son tutashib kul bo‘ldi, Sho‘lai ohim ila bahru bar, afsus-afsus. Yor yuzin tutdi oqib diydai giryonimdan, Har taraf lujjai xuni jigar, afsus-afsus. Anjum ermas, shabi motamki chiqib dud bmla, Chirmashur ko‘kka damidin sharar, afsus-afsus. Dod etay kimga qo‘lingdin falaki sho‘badaboz, Zohir etding manga yuz sho‘ru shar’, afsus-afsus. Ne qilay chora, ne aylay meni motamzada, oh, Gar bu nav’ o‘lsa qazou qadar, afsus-afsus. Chun kamondori qazo bersa ajal o‘qig‘a shast, yo‘q anga bo‘lg‘ali mone’ sur, afsus-afsus. Kimki dunyo uyidin qildi baqo sori xirom, Bo‘lmasa kimsaki ondin xabar, afsus-afsus. Bemuruvvatlik erur beshai davroni sipehr, Ravnaqo, qilmasang ondin hazar, afsus-afsus. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ayladi_yor_jahondin_safar%2C_afsus-afsus.... Downloaded from uzbekai.com.