Bu ne tole’ edikim qilmadi imdod hanuz... Ravnaq Pahlavonquli Bu ne tole’ edikim qilmadi imdod hanuz, Bo‘lmadi xotirimiz qayg‘udin ozod hanuz, Ohkim aylamadi hech bizing sori nigoh, Shohidi davlat ila baxti xudodod hanuz. Adam ahlida, fig‘onkim, meni nokom kabi Gardishi davri falak bergan emas yod hanuz. Umr o‘tub, ohki, bir dam falaki buqalamun Shevai mehru vafo qilmadi ijod hanuz Ko‘r jahon da’binikim, bo‘lg‘ali bunyod eliga Qila olg‘uncha qilur zulm ila bedod haiuz. Kimnikim bir-ikki kun ayladi mehmon o‘rtar, Qilmayin kom ravo, ushbu g‘amobod hanuz. Baxti sho‘rida nelar kelturubon boshimg‘a, Umr o‘tub tole’ uyi bo‘lmadi obod hanuz. Odam avlodig‘a ko‘rgazmadi naqshi vafo, Toqi ayvoni falak bo‘lg‘ali bunyod hanuz. Ravnaqo, muncha taradduddin erur ne hosil, Bo‘lmasa manglayimizning harami bod hanuz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bu_ne_tole%E2%80%99_edikim_qilmadi_imdod_hanuz.... Downloaded from uzbekai.com.