Ne jo‘rai zamonada bor erkan e’tibor... Ravnaq Pahlavonquli Ne jo‘rai zamonada bor erkan e’tibor, Ne oshno deganda sabotu ne ustuvor. Ne yoru do‘st va’dasida bordurur vafo, Ne poydor elga muhabbat ne barqaror. Ne holdoni anisu, ne hamdardu hamdami, Ne bir rafiqi yakdila, ne yori g‘amgusor. Mumkin erur topilmoqi ahli zamonda Ne oshnon sodiqu, ne yori do‘stdor. Dey kimga dardi holimikim jurmi fazl uchun, Pomol qildi gardishi badmehri zo‘rkor. Gar o‘tsa nazm martabasi toqi arshdin, Ahli suxanni xor qilur charxi bemador. Bilmon ne yuzdin ayladi tarki vafou mehr, Bu do‘stlarki bor edi Ravnaqg‘a xostdor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ne_jo%E2%80%98rai_zamonada_bor_erkan_e%E2%80%99tibor.... Downloaded from uzbekai.com.