Ne niholi umr erur sarvi xiromoningcha xo‘b... Ravnaq Pahlavonquli Ne niholi umr erur sarvi xiromoningcha xo‘b, Ne guli bog‘i Eram gulbargi xandoningcha xo‘b. Ne jamolingdek erur zebo ruxi huri bihisht, Ne erur kavsar zuloli obi hayvoningcha xo‘b. Ne dami Iso erur jonbaxsh anfosing kabi, Ne quyoshning partavi ruxsori toboningcha xo‘b. Ne nabotu qand erur shirin labing alfozicha, Ne aqiqi nobdur la’li durafshoningcha xo‘b. Qayda bo‘lg‘ay jilvai tovusi gulzori Eram Tarzi raftori qadi mastona javloningcha xo‘b. G‘amzang andoqkim to‘kar eldinki, jallodi ajal Mohir ermastur nigohi chashmi fattoningcha xo‘b. Ravnaq, ul gul ko‘yida vaqti saharlar bog‘ aro, Nolai bulbul emastur ohi afg‘oningcha xo‘b. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ne_niholi_umr_erur_sarvi_xiromoningcha_xo%E2%80%98b.... Downloaded from uzbekai.com.