Va’dai vasl berib aylamak ehmol nedur... Ravnaq Pahlavonquli Va’dai vasl berib aylamak ehmol nedur, So‘ng yana yuz hiylau makr bila ol nedur. Muddaiy harne sanga desa qabul aylab oni, Rad qilib so‘zlarim, etmak meni badhol nedur. Umr o‘tub, g‘am bila zoye’ meni bebaxtg‘a hayf, Bilmadim men onikim toleu iqbol nedur. Bilmanamkim, bu qadar aksi murodimg‘a mudom, Gardishi davri muxolif falaki zor nedur. Subhi ayshimni qilib zulmati nagbat qaro shom Anglamam hafta nedur, balki mahu sol nedur. Ichurur davri falak balki manga g‘am zaharin, Anglamon ta’mi nabotu shakaru bol nedur. Kimgakim jonni fido ayladim ixlos bila, Demadi lutf ila bir kun sanga bu hol nedur. O‘zgalar boshi yetib ko‘kka bu davron aro, lek, Baxtim etmak meni g‘am xaylig‘a pomol nedur. Ravnaqo, kunji qanoatdin etib o‘zni farog‘, Yugurib it kabi qilmoq talabi mol nedur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Va%E2%80%99dai_vasl_berib_aylamak_ehmol_nedur.... Downloaded from uzbekai.com.