Yo‘l bilib yur, qozi, el saylovi bor... Rojiy Marg‘inoniy Yo‘l bilib yur, qozi, el saylovi bor, Yo‘lda ellikboshilarning g‘ovi bor. Ovchilar qo‘ymas amal saylovida, Qaysi yerda ko‘rsa xaru govi bor. Tuflab otmoqqa qozi saylovida, Yaxshi merganlarga to‘ng‘iz ovi bor. Pul bilan o‘tsang qazo sarhaddiga, Pulsirot ostida o‘tlig‘ zovi bor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yo%E2%80%98l_bilib_yur%2C_qozi%2C_el_saylovi_bor.... Downloaded from uzbekai.com.