Bo‘lub Munis senga hamroz Roqim... Roqim Bo‘lub Munis senga hamroz Roqim, Bori eldin qilib mumtoz Roqim. Senga zohir qilib mehru muhabbat, Demish aylab vafou noz Roqim. Takallum tig‘idan bezaxm qolding, Ulug‘liq ko‘rguzub e’joz Roqim. Eshitgach bu so‘zin aylab duosin, Bo‘lub xalq ichra sarafroz Roqim. Tafoxur aylabon der o‘z-o‘zig‘a, Chekam ohistaroq ovoz Roqim. Agar har kunda yuz ming pora qilsa, Sanga bordur hanuz ul oz Roqim. Munosibdur sen o‘z haddingni bilmak, Gadoyu, shah emas damsoz Roqim. Jahon bog‘ida aylab or bo‘lmas Barobar qarg‘a birla qoz, Roqim. Kabutarlar bila aylar kabutar, Zagan birla zag‘an parvoz Roqim. Kalomingni uzotma, emdi bas qil, Laziz o‘lg‘ay so‘z o‘lsa oz, Roqim. Bo‘lub ma’mur amri, bir g‘azalni, Muxammas aylading shahboz Roqim. Pisand etgay edi bo‘lsa jahonda So‘zingni Hofizi Sheroz, Roqim. Bila olmon qabul etgaymu yo rad Hadising munisi tannoz Roqim. Namozi shom bo‘lg‘ach topti itmom, Namozi asr etib og‘oz Roqim. G‘alat ermas bu so‘zlarga tonuqdur, Xudoyi fardi beanboz Roqim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bo%E2%80%98lub_Munis_senga_hamroz_Roqim.... Downloaded from uzbekai.com.