Falak zulm aylab elga oshkor ohista-ohista... Roqim Falak zulm aylab elga oshkor ohista-ohista, Olur jonin qilib beixtiyor ohista-ohista. Emay-ichmay bukun ko‘b jam’ qilding siymu zar naqdin, Bo‘lur go‘ringda tongla mo‘ru mor, ohista-ohista. Qilib zulm elga, yig‘nab mol mag‘rur o‘lma, ey zolim, Falak tortar nihodingdin damor, ohista-ohista. Aning bedodu zulmidin zalilu zor bo‘lg‘aysen, Ketib ilgingdin izzu e’tibor ohista-ohista. Tama’ni tark qilmay, izzat istar xalqdin harkim Bo‘lur bu fe’lidin, albatta, xor, ohista-ohista. Topib ogohlik, tengrig‘a loyiq, qilmadim bir ish, O‘tub g‘aflat bila laylu nahor ohista-ohista. Zamon ahli nifoqidin xalos o‘lg‘oysen, ey Roqim, Alardin tortsang o‘zni kanor, ohista-ohista. — Source: https://wikisource.org/wiki/Falak_zulm_aylab_elga_oshkor_ohista-ohista.... Downloaded from uzbekai.com.