Tilab Roqim hazin ko‘nglum kushodin... Roqim Tilab Roqim hazin ko‘nglum kushodin, Sochay mushk o‘rnig‘a kilkim midodin. Dimog‘im bo‘lg‘ach-o‘q andin muattar, Qilay farzandi jonpayvand yodin. Agar bor ersa hushing mustame’ bo‘l, Ko‘ngulni jam’ etib har mojarodin. Birodarlar, meni bechoraning ham Bu erdi hojatim tun-kun xudodin. Ato qilsa menga farzandi solih, Muyassar aylabon ko‘nglum murodin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tilab_Roqim_hazin_ko%E2%80%98nglum_kushodin.... Downloaded from uzbekai.com.