Tilarmenkim manga yor o‘lsa Munis... Roqim Tilarmenkim manga yor o‘lsa Munis, Olib ko‘nglumni dildor o‘lsa Munis. Jahon bog‘ida bulbulning murodi, Budurkim ango gulzor o‘lsa Munis. G‘ururi husnidin qilmas qabulin, Kelib Yusuf jilavdor o‘lsa Munis. Bilur ishqida qadrimni, birovga O‘zi mendek giriftor o‘lsa Munis. Eshitgay erdi «yo rab»-«yo rab»imni, Agar bir kecha bedor o‘lsa Munis. Xayoli zor ko‘nglum ichra basdur, Meni bekasga darkor o‘lsa Munis. O‘larmen yuz g‘amu hasrat bila, voy, Anga bir lahza ag‘yor o‘lsa Munis. Topar birdamda sihhat xasta ko‘nglum, Menga ul chashmi bemor o‘lsa Munis. Kechar ikki jahon sultonlig‘idin Hazin Roqim bila yor o‘lsa Munis. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tilarmenkim_manga_yor_o%E2%80%98lsa_Munis.... Downloaded from uzbekai.com.