Alifdek qomatimni, ey pari, monandi nun qilding... Sadoiy Mirhasan Alifdek qomatimni, ey pari, monandi nun qilding, Esiz go‘yo zabonim so‘zlashur vaqtida gung qilding… Ki sandin o‘zgaga borib, ki man dod aylasam bir-bir, Qilich qoshing bila olam barini qatli xun qilding. Mani boshimga san solding hazoron sho‘rishu g‘avg‘o, Jahonda ko‘zlarimg‘a ro‘zi ravshanlarni tun qilding. Umid aylab, ayo dilbar, sani qoshingg‘a kelgonim, Muhiblik kishidek qo‘l ko‘torub onchi qin qilding. Sani qilmishlaring ko‘p deb, gunohim aylamay izhor, Sadoyi, xastadil bechorani doim zabun qilding. — Source: https://wikisource.org/wiki/Alifdek_qomatimni%2C_ey_pari%2C_monandi_nun_qilding.... Downloaded from uzbekai.com.