Bir maningdek yor deb devona bo‘lg‘an bormukin... Sadoiy Mirhasan Bir maningdek yor deb devona bo‘lg‘an bormukin? Sham’ yanglig‘ husnig‘a parvona bo‘lg‘an bormukin? Oh urub hardam fig‘on aylab junun sahrosida, Molu mulkidin kechib devona bo‘lg‘an bormukin? To‘tiyi go‘yo bo‘lub, yo bog‘ aro bulbullarin Chug‘z yanglig‘ manzili vayrona bo‘lg‘an bormukin? Man yurub yolg‘uz biyobonlarda sargardon bo‘lub, Yor birla hamdamu hamxona bo‘lg‘an bormukin? Kufr elini xush ko‘rub, zunor bog‘lab doimo, Emdi mandek soqii mayxona bo‘lg‘an bormukin? Ey Sadoyi, avvalu oxir zamona haq uchun, Bir saningdek dunyoda afsona bo‘lg‘an bormukin? — Source: https://wikisource.org/wiki/Bir_maningdek_yor_deb_devona_bo%E2%80%98lg%E2%80%98an_bormukin.... Downloaded from uzbekai.com.