Justujo‘ aylab parivash mahvashim ko‘rdum bukun... Sadoiy Mirhasan Justujo‘ aylab parivash mahvashim ko‘rdum bukun, Dam-badam jon kuydururg‘a otashim ko‘rdum, bukun. Bir aningdek nozaninni orzu aylab mudom, Aylab ul yuz ming tamanno kelmishin ko‘rdum, bukun. Bulbuli go‘yo edi yo to‘tiyi shakkar lison, Bir kelib gul ostida o‘lturmishin ko‘rdum, bukun. Man xayol ettim, tirikdurman anga xizmat qilay, Bir dame turmay qoshimdin ketmishin ko‘rdum, bukun. Qasd etar doim raqiblar qilg‘ali yordin judo, Bu falak yuzi qaroni gardishin ko‘rdum, bukun… Ko‘zlari jallod doim rasmidur javru jafo, Necha mandek oshiqin o‘ldurmishin ko‘rdum, bukun San quloq sol, ey nigoro, har kuni ovozig‘a, Aytadur doim Sadoyi, nolishin ko‘rdum, bukun. — Source: https://wikisource.org/wiki/Justujo%E2%80%98_aylab_parivash_mahvashim_ko%E2%80%98rdum_bukun.... Downloaded from uzbekai.com.