Latofat bo‘stonida sanidek yor kelgaymu... Sadoiy Mirhasan Latofat bo‘stonida sanidek yor kelgaymu? Jahon g‘amxonasi ichra manidek zor kelgaymu? Yuzingni ishqida man benavodek, ey shahi xubon, Alamdin siynasi majruh, yurak afgor kelgaymu? Qurub majlis tutub sog‘ar tamom elini kuydurgon, Ichib maydin bo‘lub mast, ko‘zi xummor kelgaymu? Tamomi avvalu oxir sani hoziq tabib derlar, Yurub darmon topolmay, man kabi bemor kelgaymu? Jamoling ko‘rmayin, jono, qolib hasrat bila g‘amda Aziz jondin jahonda man kabi bezor kelgaymu? Saningdek nozanin shoyad mani hajrimda o‘lgan deb, Baland bo‘lg‘an mozorim qilg‘ali hamvor kelgaymu? Munodiylar qilib doim jahonni izlasam tinmay, Sadoyidek g‘aribu xasta beg‘amxor kelgaymu? — Source: https://wikisource.org/wiki/Latofat_bo%E2%80%98stonida_sanidek_yor_kelgaymu.... Downloaded from uzbekai.com.