Nigorim ishqidin kuydim, davosn bormukin hargiz... Sadoiy Mirhasan Nigorim ishqidin kuydim, davosn bormukin hargiz, Tushub zulmat aro qoldim, ziyosi bormukin hargiz? Kelib ketti mani yorim, nechuk bilmay qolibdurman, Yana ming yil qarab yotsam, qazosi»bormukin hargiz? Qilich qoshin havola aylar ul jallodlar yanglig‘, Magar jonim olurg‘a yo rizosi bormukin hargiz? Saropo xalqi olamdin bari sandin umed aylab, Manidek ikki olamda gadosi bormukin hargiz? Sadoyi aytodur yig‘lab, so‘rang zinhor yorimdin, Manga ul qilmag‘on boz ham jafosi bormukin hargiz? — Source: https://wikisource.org/wiki/Nigorim_ishqidin_kuydim%2C_davosn_bormukin_hargiz.... Downloaded from uzbekai.com.