Oh, naylay, kuydi jonim yorni parvosidin... Sadoiy Mirhasan Oh, naylay, kuydi jonim yorni parvosidin, Qolg‘an umrum ketsa oxir termulub arqosidin, Gizlotur ul mohpaykar kiprigini man sari, Diydam uzra sonchilur har lahza qoshi yosidin. Ming jarohat birla borsam man ani dargohig‘a, Ulmagay erdim magar may bersa dasti tosidin. Har nafasda dilbarim yuz ming o‘lukni tirguzur Dardima topsam davo derman Masih anfosidin. Ey Sadoyi, san bu yoringni majozidek ko‘rub, Aylanib tokay turorsan uyini tegrosidin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Oh%2C_naylay%2C_kuydi_jonim_yorni_parvosidin.... Downloaded from uzbekai.com.