Seni deb man ado bo‘ldim, ayo ey yori jononim... Sadoiy Mirhasan Seni deb man ado bo‘ldim, ayo ey yori jononim, Na yurmakka majolim bor, na o‘lturmakka darmonim. Bu ko‘nglumni xushi erding, ko‘zimni ravshani erding, Egildi qomatim yodek, ayo sar t xiromonim. Ajab hikmat erur emdi chamanni gullari xandon, Ochilmas birgina sandin mani tab’i parishonim. Takallum aylasang durlar sochib la’li lisoningdin, Ki Azroil emas hojat, chiqar albatta bu jonim. Saningdek nozanin shoyad bu jon chiqmasdin ilgori, Na hub bo‘lg‘ay edi qilsang kelib dardimg‘a darmonim. Sadoyi qichqirib aytur unini boricha doim, Na deb yetmaz sanga hargiz mani bu ohu afg‘onim?! — Source: https://wikisource.org/wiki/Seni_deb_man_ado_bo%E2%80%98ldim%2C_ayo_ey_yori_jononim.... Downloaded from uzbekai.com.