Sham’ yanglig‘ yorga parvonau axgardiman... Sadoiy Mirhasan Sham’ yanglig‘ yorga parvonau axgardiman, Otashi ishqi muhabbatni gorak tabgardiman. Bilmayin sudu ziyon ovorai har yon bo‘lub, Bul g‘arib jonimga doim dardi sargardondiman Ko‘p umed aylab hamesha iltifoti yordin, Eshigida termulub, har lahza ro‘yi zardiman. Yor deb har subhu shom o‘lmakg‘a aylab iztirob, Demagil nomard hargiz, mardlarni mardiman. San kimu, ey zohido, manga nasihat aydamak?! Ishq ustodini taylim aylagan shogirdiman. Kam baho qilma Sadoyini xaridorim maning, Durri daryoyi javohirlarni rezaxo‘rdiman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sham%E2%80%99_yanglig%E2%80%98_yorga_parvonau_axgardiman.... Downloaded from uzbekai.com.