Ul yori azizim deb, man emdi samandarman... Sadoiy Mirhasan Ul yori azizim deb, man emdi samandarman, Kuydi bu dilu jonim, monandai axgarman. Bu dashtu biyobonda, monandi bo‘lub Majnun, Bir yerda qarorim yo‘q, yurganki qalandarman. Yoshim yetib ellikka, saqolim oqarganda, Xizmatga buyurgay deb, yor oldida navkarman. Davotu qalam birla, ilgimg‘a olib qog‘az, Ko‘rgin yana nomamni, ham sohibi daftarman. Harchand raqib aytur, bu talx yomon achchig‘, Bilgil, ki ey azizim, man shahd ila shakkarman. Er ila bo‘lub hamdam xizmatni bajo qilsa, Ayb etma Sadoyini har ma’nida choqarman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ul_yori_azizim_deb%2C_man_emdi_samandarman.... Downloaded from uzbekai.com.