Xayoli xom etib ul yorni mehmon qilay derman... Sadoiy Mirhasan Xayoli xom etib ul yorni mehmon qilay derman, Bu jismi notavonim dardig‘a darmon qilay dsrman. Borib yorimni man aylay dilu jonim bila taklif, Agar ul bo‘lmasa bul manzilim vayron qilay derman. Aning xoki qudumi kulbai vayronama yetsa, Ki bu jonimni man anga yana qurbon qilay derman. Tamomi sha’nu shavkat, taxtu baxtimni berib barham„ Barohi haq berib, ammo o‘zim uryon bo‘lay derman. Sadoyi bu tiriklikdin fano kechgoni xush erdi, O‘zimni o‘ldirib oldida, qatli jon qilay derman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Xayoli_xom_etib_ul_yorni_mehmon_qilay_derman.... Downloaded from uzbekai.com.