Sakkokiy Sakkokiy Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi... Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi, G’ame yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi. Jonim fidosi aning, koshki mening bu tanim Oti tuyoqidin uchqon g’ubor bo’lsa edi. Ko’zum bag’ir qonidin yuz nigor qilmas edi, Agar ko’ngulga muvofiq nigor bo’lsa edi. Biror ko’ngul g’amidin bo’lsa erdi voqif do’st, Ne qayg’u, dushman agar sad hazor bo’lsa edi. O’larda qolmag’ay erdi ko’ngulda bu hasrat, Raqib it bikin eshikda zor bo’lsa edi. Jonimg’a sahl erur erdi jafosi ag’yorning, Agar ko’ngul bila ul yor yor bo’lsa edi. Raqib tishlamas erdi seni, ey Sakkokiy, Aning iticha sanga e’tibor bo’lsa edi. Bo’yungtek butmadi bo’ston aro sarvi ravon, ey jon... Bo’yungtek butmadi bo’ston aro sarvi ravon, ey jon, Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon. O’qunguznung boshoqing’a ko’ngul mushtoq, ko’z oshiq, Bular tolashmoqin bo’ldi ul ikki ora qon, ey jon. Agar Rum ahlina zulfung habashning lashkarin solsa, Ko’ngul ilginda ul soat topilmas hech amon, ey jon. Sening la’lingdin uftonib qizorur la’l qon ichra, Hasad eltur mening yuzum ko’ribon za’faron, ey jon. Yuzung davrinda ko’zlarim gahi la’lu, gahi lo’lu, Chiqorur ko’rsa bu san’at, uyolur bahri kon, ey jon. Falak Sakokiga bukun qulunmen der, jihat zohir, Tun axshom itlaring birla o’turmush bir zamon, ey jon. Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni... Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni, Toltek bo’yung ozodi erur sarvi ravoni. Xo’blar soni yo’q Chinu, Xitoy, Xo’tan ichra, Yetmas sanga lekin tilagan dunyoda soniy. Ul tishingu erningni ko’rib bir kularingda, Bu ikki ko’zum la’lu guhar bahri-yu koni. Yuzingni qilur toza ko’zum yoshi-yu ohim, Gul toza bo’lur topsa vale obu havoni. Ushshoq qonin to’kkali elga qilich olsang, Kim ilgaru tutmas bo’yun – o’z bo’ynina qoni. Oydur sening olingda bu kun bir habashiy qul, Tonsa yuzida zohir o’lur dog’ nishoni. On derlar emish ko’rklu kishilar namakingga, Sakkokiy sening yuzunga boqsa ko’rar oni. Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama... Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama, Yuz uza zulfung tog’itib, umrum parishon aylama. Har nokasu kas yuzuna xush toza gul yanglig’ kulub, Bag’rimni har dam g’unchatek hasrat bila qon aylama. Nortek yangoqing shu’lasin sen ko’rguzub ag’yorg’a, G’ayrat o’ti ichra yona bag’rimni baryon aylama. Barcha xaloyiq to’p bikin tashlar ayoqing uza bosh, Bu ishga zulfung dol erur, sen oni chavgon aylama. Bo’lsa qiyomat barchadin qilg’on ishini so’rg’usi, Oz qil jafou javrni, muncha farovon aylama. Zulmu sitamni zulfungu kofir ko’zungga o’gartib, Bu keng jahonni sen manga bir tor zindon aylama. Ey yinju tishlik dilbarim, la’li guharboring haqi, Sakkokining ikki ko’zin har lahza ummon aylama. Furqatingda, ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi... Furqatingda, ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi, Dambadam xud qayg’udin ikki ko’zum qon yig’ladi. Hech davo yo’q dardkim jonimda bor, oni ko’rub To’nin chok etti tabibu doru darmon yig’ladi. Dur tishinggu gul yuzung vasfidin kechti hadis, Sham’ hayrat o’tina yondi-yu so’zon yig’ladi. Eshikingda it bikin bostim necha yil qovrulub, Ushbu holimni ko’rub kofir, musulmon yig’ladi. Yig’ladi hatto raqibning kelg’ondan rahmi manga, Bori ul qattiq ko’ngulluk chinmu yolg’on yig’ladi. Bildilar yuzdin ko’rub Sakkokiy holin so’rmayin, Xosu omu shahru deh, donovu nodon yig’ladi. Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma... Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma, Zulfung beki qad bo’ldi duto, bizni unutma. Qurbon bo’lubon vasling uchun shukr o’tagaybiz, To bu mahaldin, sanamo, bizni unutma. Yo’q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin, Sendin chu yiroq soldi qazo, bizni unutma. Nortek yangoqing furqati ichra ko’ngulu jon, Ul kuydi judovu bu judo, bizni unutma. Iso damining bor asari har nafasingda, Jon dardina, ey xulqi davo, bizni unutma. Hijron evining kunjin olib kechavu kunduz, Zulfu yuzinga tilda sano, bizni unutma. Sakkoki ul oy manzilina xud eta bilmas, Sen yetsang agar anda, sabo, bizni unutma. Kim ermas ul oy mubtalosi... Kim ermas ul oy mubtalosi, Yolg’uz menga yo’q aning balosi. Tushti bu zaif jonimg’a dardi, O’lmaktin azin yo’q ul davosi. Bergusi g’arib boshimni yelga, Ruxsora-u zulfining havosi. Kim ko’rsa aning ko’zini aytur: Ne turfa erur bu turk balosi? Turkona ir irlag’uncha oning, Kuydurdi meni yalay-bulosi. Oyina sening yuzing ko’rubon, Lof ursa, yuzunda yo’q safosi. Dard-u, g’am-u, ranj-u, men-u o’lmoq Sakkokiyga bo’ldi jon g’izosi. Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora... Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora, Jigar ham qildi ul qon pora-pora. Jonim ko’rgan jafoning mingda birin, Bo’lur gar ko’rsa sandon pora-pora. Kularda ko’rsa og’zi birla tishin, Bo’lur gulnori xandon pora-pora. Netong munda o’zin chok etsa g’uncha, Aningtek bo’ldi chandon pora-pora. Bag’ir qon qildi amrindinu bo’ldi Ko’zumda la’lu marjon pora-pora. Saqoqin kish yaqosi o’pkanidin Jonim choku giribon pora-pora. Ko’ngul Sakkokiytek jon birla rozi, Jigarni qilsa ul jon pora-pora. Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma... Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma, Karashma birla olamni meningtek mubtalo qilma. Mening bu xasta jonimg’a sening darding erur marham, Qiyomatga tikin hargiz bu dardimg’a davo qilma. Meni, ey oy, qo’rqarmen qilib dunyoda sargashta, Eshiking tuproqin ko’zga topilmas to’tiyo qilma. Firoqing bo’tasi ishra qonimni sizg’irur har dam, Yuzumni oltun etkoli g’amingni kimiyo qilma. Axir,begona deb giryon eshigindin quvar bo’lsang, Kular yuz ko’rguzub avval kishini oshino qilma. Bag’ir qon aylading javru jafolar birla, sultonim, Ko’zum yoshi bila har dam yuzumdin mojaro qilma. E Sakokiy, bu shah qobqin g’animat tut, chu zulfig’a Ayoqin bog’lag’on qushsen, ucharg’a hech havo qilma. Sentek jahonda ko’zlari... Sentek jahonda ko’zlari ayni balo qani? Mentek aning balosi bila mubtalo qani? Erning aqiqi garchi jahonda yagonadur, Chehram mengizli ham yana bir qahrabo qani? Ko’zni g’ubor tutti firoqingda yig’la-yu, Erning tuzindin o’zga anga to’tiyo qani? La’ling sharobi bo’ldi ko’ngul dardina davo, Bu dard jong’a yetti, vale ul davo qani? Yuzumni oltin etti sening ishqing, ey sanam, Mundog’ boqoni oltin etar kimyo qani? Qadd-u hadingg’a sarv-u gul o’zun tutar shabih, Onlar bo’y-u yuzinda bu ob-u havo qani? Husnung zakoti bergali bir qulni izlasang, Sakkokiytek bu dunyoda bir benavo qani? Ulug’bek madhi Jahondin ketti tashvish-u mabodoyi amon keldi, Xaloyiq, aysh eting, bu kun sururi jovidon keldi. Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor yo yo’q, Bihamdillah o’g’on fazli bila ul tanga jon keldi. Bu mavkib gardi surmosi topilmas erdi berib jon, Ko’rung ko’z birla haq suninkim o’sh xush roygon keldi. Alamtek barcha beklarning boshi ko’kka kerak teksa, Kim onlar tak ya qilg’oli bu qutlug’oston keldi. Jahondin Ahraman ketib musaxxar bo’lg’oy ins-u jon, Kim o’sh taxtini yel ko’trub Sulaymoni zamon keldi. Boyindi taxtining qadri, o’zung toj ko’kka toshlodi, Adolat bog’i sabz o’ldi, chu No’shiravon keldi. Kerak jon bulbuli tun-kun navodin tinmasa bir dam, Chu do’stlarig’a xurram yoz, adularg’a xazon keldi. Raiyat qo’y erur, sulton anga shubon-u yo bo’ri, Bo’ri o’lg’o-yu qo’y ting’oy, chu Musotek shubon keldi. Bu kundin so’ngra ko’p ting’oy raiyatlar rioyatdin, Ulus haqqida ming turla atodin mehribon keldi. Ko’ngullar bo’ldi xush ravshan ko’rub qolmadi bir zarra, Qorong’ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi. Sevunsun xisravi oliy guhar sulton Ulug’bekkim, Shahanshoh Shohruhbektek shahi xisrav nishon keldi. Bu shahning lashkari qaysi viloyat sori azm etsa, Falakdin har zamon ul dam nidoyi «al-amon» keldi. Bular elga qilich nayza olib hayjoga kirganda, Hech ish kelmodi a dodin magar oh-u fig’on keldi. Bu lashkar yetkanin ko’rsang yasob a doning ustiga, Sog’ing oysen cherik ermas magar gurz-u sinon keldi. Shahanshoho, sening oting shahi kishvarkusho erdi, Ol emdi dunyoni ko’ktin, laqab getisiton keldi. Tavar-u qo’y bikin dushman, ko’rub baxting qaviysini, O’z ilgin bog’lab ollingg’a, zaif-u notavon keldi. Kirib tulku bikin dushman, inida o’lgay ochliqdin, Ne qilsun ustina haybat bila sheri jayon keldi. Quruq savdo pishurdi-yu, vale xom etti ishlarin, Oxir ko’rgul bu savdodin, boshig’a ne ziyon keldi. Ayo shoho, malak siyrat sening vasfing so’zi ichra, O’qiyin emdi olingda yana bir doston keldi. Eshiging tuproqi majruh bo’lg’on jon-u tanlarg’a, Shifoliq marhami bo’ldi, bisoti parniyon keldi. Nekim No’shiravon adl ishi ichra qildi taqsirin, Qamug’ing a aning bir-bir, sharif zoti zamon keldi. Salotin dunyoda ko’p keldi-yu, kechti seningtek bir, Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim, qachon keldi. Malaktek zuhd-u toatda ishingni muntaho qilding, Bu ishdin lojaram sidra senga adno makon keldi. Qachon Kayvon bikin onlar saroy-u toqi oliyg’a, Tilosa posbonliqni, shahi Hinduston keldi. Sening bazmingda kelturub, eshikka Zuhrani gardun, Dedi tanda eding adno, kanizak madhxon keldi. Gadolar roygon topg’oy zaruriy moli Qorunni, Yadi bayzo bikin ilging, jahong’a zarfishon keldi. Ulusqa to’y berur bo’lsang, qo’yub oltin kumush girda, Murassa minjular birla, falaktin ikki xon keldi. Qilich yashnatsang urushta, aning kay shu’lasin dushman, Ko’rub aytur: Qamug, hay-hay, qoching, barqi yomon keldi. O’qungni ko’rsa sahmingdin so’ngugtek titrar a’zosi, Degay adokim o’sh jong’a, baloyi nogahon keldi. Kishikim qahringga uchrar, shaqovat birla ul bordi, Vale lutfingni topg’ong’a, saodatdin nishon keldi. Shaho, lutfungni topqom deb duochi banda Sakkokiy, Belin joni bila bog’lab, bu xizmatga ravon keldi. Erurman xonadoningning ko’ngul birla duochisi Menga burhon tilosalar, so’zum xud chin ayon keldi. Mamolik nazmi-yu, dinning qurug’idur sharif zoting, Nabitek shar iy ishingda, zamiring xurdadon keldi. Jahonda qarnlar tirik bo’lub izzat bila turg’il, Azal vaqtida chun oting, shahi sohibqiron keldi. — Source: https://wikisource.org (works of Sakkokiy). Downloaded from uzbekai.com.