Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi... Sakkokiy Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi, G’ame yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi. Jonim fidosi aning, koshki mening bu tanim Oti tuyoqidin uchqon g’ubor bo’lsa edi. Ko’zum bag’ir qonidin yuz nigor qilmas edi, Agar ko’ngulga muvofiq nigor bo’lsa edi. Biror ko’ngul g’amidin bo’lsa erdi voqif do’st, Ne qayg’u, dushman agar sad hazor bo’lsa edi. O’larda qolmag’ay erdi ko’ngulda bu hasrat, Raqib it bikin eshikda zor bo’lsa edi. Jonimg’a sahl erur erdi jafosi ag’yorning, Agar ko’ngul bila ul yor yor bo’lsa edi. Raqib tishlamas erdi seni, ey Sakkokiy, Aning iticha sanga e’tibor bo’lsa edi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Agar_qoshimda_o%E2%80%99shal_gul_uzor_bo%E2%80%99lsa_edi.... Downloaded from uzbekai.com.